Gʻulom-Haydar Gʻulomov (Ғуломхайдар Гулямов; 1990-yil 21-dekabr, Oʻzbekiston) — o'zbekistonlik futbolchi, Fargʻonaning „Qoʻqon 1912“ klubida tayanch yarim himaychi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati Gʻulomov faoliyatini Muborak jamoasi „Mashʼal“ klubining farm jamoasida boshlagan. Oʻzbekiston Superligasidagi debyutioni 2011-yilgi mavsumda „Mashʼal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Ikki mavsum davomida Muborak jamoasi saharafini himoya qilgan xolda 2013-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir mavsum davomida „Qizilqum“ klubi tarkibida toʻp surgan xolda, 2014-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. 2016-yilgi mavsumda „Mashʼal“ klubi tarkibiga qaytdi. 2017-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Uch mavsum davomida Olmaliq klubi safida toʻp surdi va 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. 2020-yilgi mavsumda Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. COVID-19 pandemiyasi sababli Bunyodkor klubi safida deyarli kam maydongga tushganligi sababli yozgi transfer oynasi vaqtida „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. 2023-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlari Shoʻrtan Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014

OKMK Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2018 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Liga kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2019

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025

Manbalar

Havolalar

Gʻulom-Haydar Gʻulomov Transfermarkt.com Gʻulom-Haydar Gʻulomov Soccerway Gʻulom-Haydar Gʻulomov OʻzPFL

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Mashʼal-2 klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari