right|thumb| Dunyo bo‘ylab va vaqt o‘tishi bilan atom energiyasi inshootlarini qurish xarajatlari sezilarli darajada o‘zgarib kelgan. 1970-yillarda, ayniqsa AQShda, xarajatlar keskin va tez sur’atda oshgan. Yaponiya va Koreya kabi mamlakatlarda so‘nggi yillardagi xarajatlar tendensiyasi esa butunlay boshqacha bo‘lib, qurilish xarajatlarining barqarorligi va hatto pasayish davrlari kuzatilgan.
Yangi atom elektr stansiyalari odatda qurilish uchun yuqori kapital xarajatlarni talab qiladi. Yonilg‘i, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari umumiy xarajatlarning nisbatan kichik qismini tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarining uzoq xizmat qilish muddati va yuqori quvvat koeffitsienti tufayli, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi birligining narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasdan, stansiyalarni to‘liq ishdan chiqarish hamda chiqindilarni saqlash va boshqarish uchun yetarli mablag‘ to‘planishi mumkin. Bundan tashqari, ugleroddan foydalanilgani uchun soliq to'lovi yoki uglerod chiqindilari savdosi kabi iqlim o‘zgarishini yumshatish choralari qazilma yoqilg‘i energiyasiga nisbatan atom energiyasi iqtisodiyotiga afzallik beradi. Kapital xarajatlar 1 kVt uchun 2000 dan 3000 dollargacha bo‘lganda, yadro energiyasi qayta tiklanadigan energiya bilan tannarx jihatidan raqobatbardosh bo‘ladi.
Manbalar
Havolalar
The Economics of Nuclear Power , World Nuclear Association, April 2010. Nuclear Power’s Global Expansion: Weighing Its Costs and Risks Archived 2015-01-12 at the Wayback Machine, 2010.
Turkum:Elektr energiya Turkum:Energetika Turkum:Energetika tashkilotlari Turkum:Energiya iqtisodiyoti Turkum:Energiya manbalari Turkum:Energetikani rivojlantirish