Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; ; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Rudar Plyevlyaning yosh toifadagi klubi murabbiyi

Klub faoliyati Fatić faoliyatini Red Star Belgrad klubida boshlagan. Keyinchalik Chiasso, Chievo klublarida oʻynagan. 2007-yilning 4-iyulida A Seriyasi vakili boʻlmish „Internazionale“ klubiga 170 000 yevro evaziga oʻtganFC Internazionale Milano 2007-08 bilancio, Require purchase in [www.registroimprese.it CCIAA] .

Oʻzining ilk proffesional klubidagi rasmiy debyutini 2007-yil 19-dekabrda Regjina Calsio klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2008-yil 9-iyunda „Internazionale“ Fatićni 2008—2009-yilgi mavsum uchun Vichensaga ijaraga berganini eʼlon qildi.

2009-yilning iyun oyida Chievo „Inter“ning futbolchidagi 50% ulushini sotib oldi. Keyin „Genoa“ himoyachi huquqlarining yarmini „Chievo“dan sotib oldi. Bu Diego Milito va Thiago Mottaning „Internazionale“ga oʻtishi kelishuvning bir qismi boʻlgan. Oʻsha paytda uning shartnoma qiymatining yarmi 200 000 yevroga baholangan. U „Genoa“da bir mavsum oʻtkazdi va 3-5-2 sxemasida himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. 2010-yilning 26-iyulida Fatić bilan birgalikda egalik qilish shartnomasi yangilandi va shartoma boʻyicha Ivan Genoada qolishi kerak edi. Biroq, 2010-yil Cesenaga ijaraga berildi. Klub bilan faqatgina 2010—2011-yilgi mavsumda oʻynadi.

2011-yil iyun oyida Chievo Fatićni 200 000 yevroga sotib oldi. Oʻsha haftada „Genoa“ ham himoyachi Francesco Acerbini „Chievo“ga 2 million yevroga sotib, Kévin Constant „Genoa“ga 7,8 million yevroga oʻtgan edi. 2011-yil 31-avgustda Fatić Empoli klubiga oʻtdi. Empolidan qaytgach, Hellas Verona FCga ijaraga berildi.

2013-yil 31-yanvarda U. S. Lecce klubiga oʻtdi.

2013-yilning 28-iyulida Fatić 2+1 yillik shartnoma asosida „Voyvodina“ga qaytdi. 2013-yil 10-oktyabrda shartnoma bekor qilindi.

2014-yil noyabr oyida Malayziya Superligasi vakili Sarawak FA bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 1-iyulida Bosniyaning „Slobodan Tuzla“ klubiga oʻtdi. Mavsum oxirida Shkupiga oʻtdi. 2018—2019-yillarda Samptedia klubida oʻynadi. Shu mavsum Oʻzbekiston superligasi vakili Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati Fatić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2009-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada jami 6 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:LR Vicenza futbolchilari Turkum:US Salernitana 1919 futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:AC Cesena futbolchilari Turkum:AC ChievoVerona futbolchilari Turkum:Empoli FC futbolchilari Turkum:Hellas Verona FC futbolchilari Turkum:US Lecce futbolchilari Turkum:FK Vojvodina futbolchilari Turkum:FK Rudar Pljevlja futbolchilari Turkum:Sarawak FA SFT futbolchilari Turkum:FK Sloboda Tuzla futbolchilari Turkum:KF Shkupi futbolchilari Turkum:FC Samtredia futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shimoliy Makedoniyadagi muhojir erkak futbolchilar