AQSh iqtisodiyoti — oʻta yuqori darajadagi rivojlangan aralash iqtisodiyot"U.S. Economy - Basic Conditions & Resources". U.S. Diplomatic Mission to Germany. "The United States is said to have a mixed economy because privately owned businesses and government both play important roles." Retrieved October 24, 2011.(4)Outline of the U.S. Economy – (2)How the U.S. Economy Works. U.S. Embassy Information Resource Center. "As a result, the American economy is perhaps better described as a 'mixed' economy, with the government playing an important role along with private enterprise. Although Americans often disagree about exactly where to draw the line between their beliefs in both free enterprise and government management, the mixed economy they have developed has been remarkably successful." Retrieved October 24, 2011.. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YaIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib, hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi 2-oʻrinni egallab turibdi. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM (nominal) boʻyicha dunyoda 8-oʻrinni egallab turgan, ammo 2022-yil holatiga koʻra, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi. AQShning 2022-yildagi nominal YaIM hajmi jahon iqtisodiyotining 25,4 foizini, XQP boʻyicha YaIM hajmi esa taxminan 15,6 foizini tashkil etdi. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi. AQSh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmika va harbiy texnika sohalarida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi. AQSH dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllanadigan yetakchi valyuta boʻlib, u mamlakat iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi hamda neft-dollar tizimiga mos standart valyuta sifatida qoʻllanishi sabab dunyo boʻylab keng tarqalgan, shuningdek, yevrodollar AQShning ulkan tashqi bozori bilan bogʻliq boʻlgan dunyodagi eng yirik zaxira valyutasi sanaladi. Baʼzi mamlakatlarda dollar rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlarda esa asosiy toʻlov valyutasi sifatida foydalanib kelinadiBenjamin J. Cohen, The Future of Money, Princeton University Press, 2006, ; cf. „the dollar is the de facto currency in Cambodia“, Charles Agar, Frommer’s Vietnam, 2006, , p. 17. AQShning eng yirik savdo hamkorlari Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Meksika, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Tayvandir. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng yirik import qiluvchi davlat boʻlishi bilan birgalikda eksport borasida ikkinchi oʻrinda turuvchi davlat hamdir. AQSh bir qancha davlatlar, jumladan, USMCA (United States-Mexico-Canada Agreement) mamlakatlari, Avstraliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Isroil kabi davlatlar bilan shartnoma asosida savdo munosabatlarini oʻrnatgan. Mamlakat, shuningdek, muzokaralar olib borilayotgan bir qator boshqa davlatlar bilan ham erkin savdo aloqalariga ega.
AQSh iqtisodiyoti moʻl-koʻl tabiiy resurslar, rivojlangan infratuzilma va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadiWright, Gavin, and Jesse Czelusta, „Resource-Based Growth Past and Present“, in Natural Resources: Neither Curse Nor Destiny, ed.. 2019-yil holatiga koʻra, mamlakat 44,98 trillion AQSh dollarlik tabiiy resurslarning umumiy hisoblangan qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda ekanligi aytilgan, ammo manbalarda bu hisob-kitoblarni ifodalovchi raqamlar farqli keltirilgan. Amerikaliklar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlar orasida uy-xoʻjalik buyumlarining moʻlligi va ishchi-xodimlari yuqori daromadga egaligi bilan ajralib turadi. 2013-yilda amerikalik ishchi-xodimlar oʻrtacha daromadi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinni egallagan. Bu koʻrsatkich amerikalik fuqarolar daromadi boʻyicha 2010-yildagi toʻrtinchi oʻrindan biroz pastga tushib qolganini koʻrsatadi.
1890-yilga kelib, Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyoti Britaniya imperiyasini ortda qoldirib, dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylandi. Bu ayni paytda dunyodagi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlat maqomining AQShga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan. 2016-yili AQSh dunyodagi eng yirik savdo mamlakati hamda jahon ishlab chiqarish sanoatining beshdan bir qismini oʻzida toʻplagan eng yirik iqtisodiyotli davlatga aylandi. AQSh nafaqat tovarlarning eng katta ichki bozoriga ega, balki xizmatlar savdosida ham hukmronlik qilib kelmoqda. AQSh savdosining umumiy hajmi 2018-yilda 4,2 trillion dollarni tashkil etgan. Dunyodagi 500 ta eng yirik kompaniyalardan 121 tasining shtab-kvartirasi AQShda joylashgan. AQSh milliarderlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, ularning umumiy boyligi 3,0 trillion dollarni tashkil qiladi. Mamlakat tijorat banklarida 2020-yil holatiga koʻra, 20 trillion dollarlik aktivlar mavjud. AQShning global aktivlari qiymati 30 trillion dollardan koʻproqni tashkil etadi.
Amerikaning Nyu York fond birjasi va NASDAQ fond birjasi bozor kapitallashuvi hamda savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik fond birjalari hisoblanadiTable A — Market Capitalization of the World’s Top Stock Exchanges (As at end of June 2012).. AQShga kiritilgan xorijiy investitsiyalar deyarli 4,0 trillion dollarni tashkil etadi, mamlakatning xorijiy mamlakatlarga kiritgan sarmoyasi esa 5,6 trillion dollardan koʻproq. AQSh iqtisodiyoti venchur kapitali hamda global tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro reytingda birinchi oʻrinni egallab turibdiAdapting and evolvingGlobal venture capital insights and trends 2014 .. 2018-yilda isteʼmol xarajatlari AQSh iqtisodiyotining 68% ini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda bu xarajatlarning mehnat daromadi bilan qondirilgan ulushi 43% ni tashkil etgan„Personal consumption expenditures (PCE)/gross domestic product (GDP)“ FRED Graph, Federal Reserve Bank of St. Louis„Shares of gross domestic income: Compensation of employees, paid: Wage and salary accruals: Disbursements: To persons“ FRED Graph, Federal Reserve Bank of St. Louis. AQSh dunyodagi eng katta isteʼmol bozoriga ega mamlakatdir. Mamlakatning mehnat bozori butun dunyodan immigrantlarni oʻziga jalb qilib keladi va migratsiya darajasi boʻyicha dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan birini qayd etib turibdi. AQSh biznes yuritish qulayligi indeksi, global raqobatbardoshlik indeksi va boshqa shu kabi tadqiqotlar boʻyicha eng yaxshi natijalar koʻrsatgan davlatlardan biri sanaladi.
AQSh iqtisodiyoti 2007-yil dekabridan 2009-yil iyuniga qadar davom etgan Jahon moliyaviy inqirozi davrida jiddiy iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirgan. Mamlakat YaIM inqirozdan oldingi (2007-yil oxiri) darajaga 2011-yilda, ishchi-xodimlarning sof daromadi 2012-yil 2-choragida, qishloq xoʻjaligidan tashqari ish haqi 2014-yil may oyida, ishsizlik darajasi 2015-yil sentyabr oyida erishgan. Ushbu sohalarda qayd etilgan umumiy oʻsish keyinchalik ham rekord darajada davom etganThe New York Times. . 2017-yilda AQSh 156 ta davlat orasida daromadlar tengsizligi boʻyicha 41-oʻrinni egalladi, bu Gʻarb olamida eng yuqori koʻrsatkich edi.
Tarixi
Mustamlaka davri va XVIII asr AQShning iqtisodiy tarixi XVII—XVIII asrlarda Sharqiy dengiz sohillari boʻylab joylashgan Britaniya aholi punktlaridan boshlangan. Amerikada 1700-yillardan keyin aholi soni, import va eksport tez surʼatlar bilan oʻsib bordi. Mamlakat Afrika, Osiyo mamlakatlari va asosan Yevropa koloniyalari bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Keyinchalik XVIII asr oxirida AQShni tashkil etgan oʻn uchta koloniya Britaniya imperiyasi hukmronligidan ozod boʻlib, mustaqillikka erishgan. Ozod etilgan koloniyalar iqtisodiyoti tez orada mustamlakachilikka ixtisoslashgan iqtisodiyotdan qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga aylandi.
XIX asr link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/13/LOSSING%281876%29_p293_WASHBURN%27S_%26_MOEN_MANUFACTURING_CO.%2C_WORCESTER%2C_MA.jpg/220px-LOSSING%281876%29_p293_WASHBURN%27S_%26_MOEN_MANUFACTURING_CO.%2C_WORCESTER%2C_MA.jpg|thumb| Worcesterdagi Washburn va Moen ishlab chiqarish kompaniyasi, Massachusetts, 1876-yil
180 yil ichida AQSh jahon iqtisodiyotining beshdan bir qismini oʻzida jamlagan ulkan, integratsiyalashgan va sanoatlashgan iqtisodiyotga aylandi. Natijada, yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan katta ulushi mamlakatning Britaniya imperiyasidan, shuningdek, ilgari iqtisodiy jihatdan yetakchi boʻlgan boshqa mamlakatlardan oʻzib ketishini taʼminladi. AQSh iqtisodiyoti yuqori ish haqi toʻlash tizimini saqlab qoldi va butun dunyodan millionlab muhojirlarni oʻz sanoatiga jalb qilib keldi. Ommaviy ishlab chiqarish 1820—1830-yillarda hunarmandlarning oʻz ishini sanoat darajasida yoʻlga qoʻyishiga olib keldi. Yangi hukumat bu jarayonda patentlash ishiga alohida eʼtibor berdi.
1800-yillarning boshlarida Qoʻshma Shtatlar asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan va aholisining 80 foizdan ortigʻi dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan agrar davlat boʻlgan. Mamlakat ishlab chiqarishining katta qismi birlamchi xom ashyo, yogʻoch ishlab chiqarish, tegirmon hamda toʻqimachilik sohasi, etik va poyabzallar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan edi. Oʻz navbatida AQShda boy resurs fondlarining mavjudligi XIX asrda jadal iqtisodiy oʻsishga, ekin maydonlarining koʻpligi fermerlar sonining ortishiga imkon berdi. Mamlakatda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, transport va boshqa sohalardagi faollik sabab qishloq xoʻjaligiga nisbatan aynan bu sohalarning ancha tez surʼatlar bilan oʻsib borishi kuzatildi. Shu tariqa 1860-yilga kelib AQShda qishloq aholisining ulushi 80 foizdan 50 foizga qisqardi.
Mamlakatda XIX asrda yuz bergan inqirozlar koʻplab moliyaviy pasayishga yoʻl ochdi. 1837-yilda yuz bergan inqiroz banklarning ishdan chiqishi va oʻsha paytdagi rekord darajadagi ishsizlik darajasiga sabab boʻlib, besh yil davom etgan iqtisodiy depressiyaga aylandi. Iqtisodiyotda asrlar davomida sodir boʻlgan katta oʻzgarishlar sababli hozirgi yaqin tarixda roʻy bergan zamonaviy iqtisodiy inqirozlarni dastlabki Jahon iqtisodiy inqirozi bilan solishtirish biroz mushkul. Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy inqirozlar avvalgi inqirozlarga nisbatan unchalik ham jiddiy oqibatlar bilan kechmagan, ammo buning aniq sabablari hozirga qadar nomaʼlum.
XX asr link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6f/NIE_1905_Petroleum_-_oil_wells_at_Los_Angeles.jpg/220px-NIE_1905_Petroleum_-_oil_wells_at_Los_Angeles.jpg|thumb| Los Anjelesdagi neft quduqlari, Kaliforniya, 1905-yil Asr boshlarida yangi innovatsiyalar qilish va mavjud innovatsiyalarning takomillashtirilishi amerikalik isteʼmolchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun xizmat qildi. Koʻpgina firmalar umummilliy faoliyatlarni amalga oshirish uchun keng miqyosdagi iqtisodiyot va yaxshi aloqa imkoniyatlaridan foydalangan holda yiriklashdi. Ushbu sohalarda narxlarning oshishiga va ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladigan monopoliyalar qurish imkoni kuchaydi, ammo bu firmalarning koʻpchiligi xarajatlarni shunchalik tez qisqartirdiki, maqsad ushbu tarmoqlarda narxlarni pasaytirish va koʻproq tovar ishlab chiqarishga qaratildi. Koʻpgina ishchilar dunyodagi eng yuqori ish haqini taklif qiladigan ushbu yirik firmalarda ishlash uchun keng miqyosdagi raqobatga kirishdilar.