Bojan Ciger (1994-yil 18-iyun, Majdanpek Serbiyada tugʻilgan) – serbiyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining Neftchi klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati Bojan faoliyatini Serbiyaning „FK Jagodina“ klubi safida boshlagan. „FK Jagodina“ klubi safida 2013—2014-yillar davomida harakat qilib, jamoasi bilan Serbiya kubogi sohibi boʻldi. 2014-yilgi mavsumda maʼlum vaqt „GFK Tabane“ jamosiga ijaraga berildi.2014-yil mavsum yarimida Sebiyaning „Djerdap Kladovo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yilgi mavsumda „Djerdap Kladovo“klubidagi raqobat tufayli jamoadan ketdi va „FK BASK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda Chernogiriya chempionatining „FK Sutjeska Nikšić“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Chernogoriya jamoasi safida 2018/2019-yilgi mavsumda Birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Chernogoriya klubi bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2021-yilda Ciger Serbiyaning „Rad“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yilgi mavsum yarmida u Namanganning „Navbahor“ klubiga Samvel Babayan tomonidan taklif etildi. „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma shartlari kelishganidan soʻng, Namangan jamoasi futbolchisiga aylandi. Navbahor jamoasi safida 2 mavsum davomida 44 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi. Ciger Navbahor jamoasi safida Oʻzbekiston Chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta rol oʻynadi va Oʻzbekiston Kubogida kumush medal sohibi boʻldi. 2023-yil mavsum boshida „Navbahor“ jamoasi bilan doʻstona hayrlashib, Malayziya chempionati vakili „Kedah Darul Aman“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil 14-yanvarda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va Oʻzbekiston Superligasiga qaytgan.

Yutuqlar Klub Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Navbahor Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2022 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2022

FK Indjija Chernogirya Birinchi ligasi chempioni: 2018/2019

Sutjeska Niksic Chernogirya Birinchi ligasi Ikkinchi oʻrin: 2019/2020

Manbalar

Havolalar

PFL.uz OʻzPFL saytida futbochi profili Bojan Ciger Transfermarkt saytida futbochi profili Bojan Ciger Sports.ru saytida futbochi profili

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FK Jagodina futbolchilari Turkum:FK BASK futbolchilari Turkum:FK Inđija futbolchilari Turkum:FK Sutjeska Nikšić futbolchilari Turkum:FK Rad futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Kedah Darul Aman F.C. futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi serbiyalik muhojir sportchilar Turkum:Malayziyadagi serbiyalik muhojir sportchilar