Tomislav Pajovich (; 1986-yil 15-mart; Uzice, Yugoslaviya) – serb futbolchisi va himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati Faoliyatining dastlabki yillarida Belgrad shahrining „Partizan“ jamoasida oʻynagan. Tomislav asosiy jamoadagi raqobat tufayli „Teleoptik“, „Dinamo Vrane“ va „Bejaniya“ jamoalariga ijaraga berilgan. U Serbiyaning boshqa klublarida ham oʻynagan, ulardan eng mashhurlari Bejaniya, Cukaricki va Zemundir.

U shuningdek, Moldaviyaning „Sherif“, Isroilning „Hapoelt Beer Sheva“ va „Makkabi Rexolot“ klublarida, Vengriyaning „Vashash“, Chernogoriyaning „Buduchnost Podgoritsa“ klublarida oʻynagan. 2013-yilning fevralida Pajovich mavsum oxirigacha ijara asosida oʻzini sobiq jamoasi „Partizan“ klubiga qaytdi. U jamoaga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi va bu jarayonda 12 ta oʻyinda maydonda harakat qildi. Bir mavsumga „Hapoel Beer Sheva“ ga ijaraga berilganidan soʻng, Pajovich 2014-yilning iyun oyida doimiy ravishda Isroil jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Chet eldagi bir necha yillik mavsumidan soʻng, Pajovich 2017-yil boshida Rad jamoasiga qaytib keldi va u yerda 2016/17-yilgi Serbiya Superligasi mavsumi oxirigacha qoldi. Keyinchalik, kalendar yili oxirigacha u „Zemun“ jamoasida oʻynadi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartmoa imzoladi. Navbahor jamoasida safida bir mavsum davomida toʻp surib, jamoanining 16 yildan sovrindorlar qatoridan oʻrin olishida muhim rol oʻynadi yakunda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Mavsum yakunida jamoa bilan doʻstona xayrlashib, Serbiyaning Radnik jamoa safiga oʻtdi.

Terma jamoa 2000-yillar boshida Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasining bir necha bosqichida oʻynagan. 2008-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar

Serbiya Superligasi chempioni: 2012/13

Oʻzbekiston Superligasi Uchinchi oʻrin: 2018

Manbalar

Havolalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:15-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar

Turkum:Navbahor futbolchilari

Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Isroil Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Nemzeti Bajnokság I futbolchilari Turkum:Chernogoriya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyadagi muhojir erkak futbolchilar