Qolgan daryo masjidi — Namangan viloyati Mingbuloq tumanida joylashgan masjid. Tarixi Qolgan daryo masjidi taxminan 1910-yilda barpo etilgan boʻlib, nomi u joylashgan qishloq nomi bilan bogʻliqdir. Masjid mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan barpo etilgan. Masjid binosi XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi meʼmorchilik anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Shoʻrolar davrida ushbu binodan turli maqsadlarda foydalanib kelingan. Oʻtgan asrning 1980—1990-yillarida masjid binosi qayta tam’irlandi.
Turkum:Mingbuloq tumanidagi masjidlar