Konstantin Vladimirovich Galchenko (1974-yil 23-iyun, SSSR Temirtau) — sovet va qozogʻiston futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi.
Biografiyasi Konstantin Vladimirovich Galchenko Temirtau futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 16 yoshida Galchenko mahalliy „Bulat“ jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi quyi ligasi chempionatida oʻz debut oʻyinlarini boshlagan. Keyingi yili Qozogʻiston chempionatida klub safida umumiy hisobda 27 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. 1993-yilda Galchenko Leonid Konstantinovich Ostroushko boshchiligidagi Qozogʻiston olimpiya terma jamoasining sobiq tayanch klubi boʻlgan Olmaotaning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtadi. 1994-yilda Serik Jeylitboyev bilan birgalikda uchinchi Rossiya ligasida oʻyinlarini „Sibir“ jamoasi tarkibida oʻtkazadi. Keyingi mavsumning birinchi ligasida futbolchi Ostroushko qoʻl ostida Sankt-Peterburgning „Saturn-1991“ jamoasida oʻyin olib boradi.
1996-yilda Galchenko Rossiya Premer-ligasining „Chernomorets Novorossiysk“ jamoasiga taklif qilinadi, ushbu jamoa tarkibida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boradi, ammo pasportidagi ayrim muammolar tufayli klubning asosiy tarkibiga kira olmaydi. Futbolchi uchinchi ligadan Ostroushko boshchiligidagi boshqa bir klubi — Orexovo-Zuyevoning „Orexovo“ klubiga oʻtadi. Klubga transfer hujjatlarini kutish paytida Galchenko mahalliy KFK „Ximik“ jamoasida oʻyinlarini olib boradi. Kelasi yilning oxirigacha Galchenkoga ushbu klub tarkibida oʻz oʻyinlarini davom ettirish uchun turar-joy, propiska va Rossiya fuqaroligi vaʼda qilingan boʻlsa-da, Galchenko Ostroushko jamoasidan keyin Namanganning „Navbahor“ jamoasiga joʻnab ketadi.
Namanganning „Navbahor“ klubidan keyin Galchenko Qozogʻistonga qaytib, oliy ligadagi „Tobol“ klubida (2001—2002) oʻyin oʻtkazadi, 2002-yildagi oʻyinlar mobaynida 2 qizil va 7 sariq kartochkaGlavniy grubiyan — Galchenko iz „Tobola“. oladi. Keyinchalik Galchenko Taldi-Qoʻrgʻonning „Jetisu“ jamoasida (2003-2004) va birinchi ligada Temirtauning „Bulat-MSK“ (2004), Rudniyning „Ayat“ (2005), Jitikarning „Asbest“ jamoalarida toʻp turadi (2005-2006).
1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari uchun oʻtkaziladigan kvalifikatsion turnirda oʻz oʻyinlarini oʻtkazgan.
2006—2013-yillarda Qoʻstanay viloyati hokimligi jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli „Bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi“ shahar davlat muassasasida murabbiy boʻlib faoliyat olib borganIyun 23, 2015. Iyunskiy duplet. V etom iyune razmenyali kruglie dati Galchenko i Abilkasimov..
2013—2017-yillarda Kostanayning „Tobol“ sport klubi direktori boʻlgan.
Yutuqlari
O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2 karra); Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori; O‘zbekiston kubogi g‘olibi; O‘zbekiston Superkubogi sohibi.
Manbalar
Havolalar
Oʻtgan davrlar xronikasi. Qozoq futbolchilari Yevropada porlashi mumkin: Galchenko -da Arxivnaya kopiya
Turkum:Temirtauda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Shaxtyor-Bulat jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Olmaota klubi futbolchilari Turkum:FC Tobol Kurgan futbolchilari Turkum:FC Saturn-1991 futbolchilari Turkum:FC Znamya Truda Orekhovo-Zuyevo futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:FC Ayat futbolchilari Turkum:FC Asbest futbolchilari