Pozil otaliq (taxminan XVII asr, Rishton, Buxoro xonligi — 1704-yil, Rishton, Buxoro xonligi) — oʻzbeklarning ming urugʻidan, Rishton shahri hokimi, ukasi Ashurbek (Ashuqrul) bilan birgalikda Fargʻonani 1701—1704-yillarda boshqargan. Tarjimayi holi Pozil otaliq Buxoro xoni Abdulazizxon hukmronligi (1645—1681) davrida, yaʼni Fargʻona hokimi Rustam Hoji Sulton oilasida Rishton shahrida tavallud topgan. Rustam Hoji Sultonning otaliqdan tashqari Ashurbek (Ashurqul) ismli kichik oʻgʻli ham boʻlgan. Afsonalarga koʻra, Oltin beshik avlodi hisoblangan Axsi shahri biyi Tangriyor Xudoyor Ilik Sulton II umrining oxirida oʻzining qarorgohini Rishtonga koʻchirib, Fargʻona vodiysini shu yerdan turib boshqargan. Uning avlodi Rustam Hoji Sulton esa markazni Axsi shahriga qayta koʻchirtiradi. Lekin bu bilan Rishton oʻzining siyosiy ahamiyatini yoʻqotmaydi. Rishton shahriga oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Pozil Otaliqni hokim etib tayinlaydi. Ammo hukmron sinflar tomonidan Fargʻonaning boʻlajak hukmdori ukasi Ashurbekning eʼlon qilinishi, aka-uka oʻrtasida dushmanlikni keltirib chiqaradi. Rus tarixchisi va etnografi Vladimir Nalivkin Mulla Shamsining bergan maʼlumotlarga asosan quyidagilarni yozib qoldirgan: Rishton egallaganidan keyin Shohrux qoʻshini shaharni butunlay vayron qilib tashlaydi. Ammo Pozil otaliqning farzandi Rajabbiyning hayoti saqlab qolinadi. 1709-yili Shohruxbiy Fargʻona vodiysining janubiy va shimoli-gʻarbiy hududlarini egallab, Buxoro xonligidan mustaqil beklik tuzadi.
Pozil otaliqning oʻgʻli Rajabbiyning Doʻstqul Bahodir ismli farzandi boʻlgan. Oʻz navbatida Doʻstqul Bahodirning Irisqulbiy, Niyozqulbiy, Jumaqulbiy, Islomqulbiy, Togʻayqulbiy, Imomqulbiy ismli oʻgʻillari boʻlgan. Manbalar
Turkum:Buxoro xonligi kishilari Turkum:Hokimlar Turkum:Tarixiy shaxslar