Abdussamad ash-Shiyoyiy (arabcha: عبدالصمد الشيايى — Abu Naʼim Abdussamad ibn Ali ibn Muhammad ash-Shiyoyiy — Faqih. Abdussamad ash-Shiyoyiy X asrda Buxoroga qarashli Shiyo qishlogʻida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni Shiyo qishlogʻida olgan. Keyinchalik Buxoroga borib u yerdagi olimlardan dasr olgan. Ustozlari Abdussamad ash-Shiyoyiy hadis va fiqh ilmining sir-asrorlarini Abu Shuʼayb Solih ibn Muhammad as-Sajoriy va Abulqosim Ali ibn Muhammad ibn Muhammad al-Xazoʻiydan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilganAbdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.3. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 484.. Vafoti Abdussamad ash-Shiyoyiy XI asrda vafot etgan. Manbalar

Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 238.

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar