Rustam Abduhakimovich Kalonov (2-sentyabr, 1950-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek davlat arbobi, Toshkent shahridan Oliy Majlis senatori.

Hayoti 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Keyinchalik turli lavozimlarda ishladi.

2017—2020-yillarda „Nuroniy“ jamgʻarmasi Toshkent shahar Kengashi raisi boʻlgan.

2020-yilda Toshkent shahridan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻldi, koʻp oʻtmay Toshkent shahar hokimligining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, soʻngra hokimning jamoat, mahalla va faxriylar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Yashayotgan insonlar