Mavlono Hamidgul (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Abdulvahobning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning devonatabiat kishi ekanligini, tabʼi lutfdan xoli emasligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:Shab xoki tiyra bistari mo bedilon bas ast,
Chodirshabi kashidai mo osmon bas ast.
(Mazmuni: Tunda biz oshiqlarning toʻshagi qora tuproqdir, xolos. Ustimizga yopgan choyshabimiz esa osmondir, xolos).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik