Mavlono Qanbariy I (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan nishopurlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ilmsiz kishi ekani, lekin sheʼr aytishda peshqadamligi, sheʼrlarida maʼno borligini aytib, “Majolis un-nafois”da Abulqosim Bobur madhida aytgan qasidasidan matlaʼ keltiradi:In guharho binki, dar daryoi axzar kardaand,
Z-in mashoil otashi xur binki chun barkardaand.
(Mazmuni: Bu gavharlarni koʻm-koʻk daryoda yetishtirganlar, koʻrgil bu mashʼallardan yolqinli quyosh paydo qilganlar). Mavlono Qanbariyning qabri Nishopurda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik