Futzal boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionati – FIFAga aʼzo erkaklar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan futzal boʻyicha jahon chempionatining oʻninchi turi. Turnir Oʻzbekistonning 3 ta shahrida boʻlib oʻtdi. Bu Oʻzbekiston mezbonlik qilgan birinchi FIFA turniri, Markaziy Osiyoda oʻtkazilgan birinchi FIFA turniri va Osiyoda oʻtkazilgan toʻrtinchi futzal Jahon chempionati boʻldi. Qolganlari 1992-yilda Hong Kongda, 2004-yilda Tayvanda va 2012-yilda Tailandda. Oldingi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yilga qoldirilganidan keyin turnir odatdagi toʻrt yillik sikliga qaytgan.
2021-yilgi turnir Portugaliya finalida Argentinani 2:1 hisobida magʻlub etib, chempion boʻldi. Fransiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari FIFA futzal boʻyicha jahon chempionatida debyut turnirlarini oʻtkazdi.
Mezbon tanlash Oʻzbekiston 2023-yil 23-iyun kuni mezbon sifatida tanlangan. Mezbonlikka nomzodlar ichida Oʻzbekistondan tashqari yana 5 ta davlat nomzodi bor edi:
https://bsnsports.com.ng/post/2024-Futsal-World-Cup--FIFA-Set-To-Name-Morocco-As-Host
2023-yil aprel oyida Marokashga mezbonlik huquqi berilgani xabar qilingandi, chunki ular FIFAga taqdim etilgan yagona taklif boʻlgan. Biroq Oʻzbekiston 2023-yil 23-iyun kuni mezbon sifatida tanlangan. Oʻzbekistonning tanlovga mezbonlik qilishdagi ishtiyoqi va taʼsirchan natijalari Oʻzbekistonning tanlanishiga sabab sifatida koʻrildi. Bu FIFA turniri Markaziy Osiyoda birinchi marta oʻtkazilgan. Avvalroq Oʻzbekiston 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi, biroq bir qator moddiy-texnik va iqtisodiy muammolar tufayli mezbonlik huquqidan mahrum qilingan edi.
Tayyorgarlik thumb|228x228px|Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli – Xon ismli Turon yoʻlbarsi! 20-may kuni FIFA turnir logotipini taqdim etgan. Logotipda FIFA futzal boʻyicha jahon chempionati kubogi koʻrinishida anʼanaviy oʻzbek oshxonasida tez-tez qoʻllaniladigan qalampir tasvirlangan.
19-iyul kuni OAVni akkreditatsiya qilish jarayoni boshlandi.
2024-yil 30-iyulda chiptalarni olish jarayoni boshlangan.
31-iyul kuni Parijda kubok mezbon mamlakatga topshirilgan.
7-avgust kuni chempionat rasmiy timsoli etib Xon ismli turon yoʻlbarsi tanlandi.
Avgust oyida Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Samarqandda kubok boʻyicha sayohat boʻlib oʻtgan.
Saralash bosqichi
Final turniriga jami 24 ta terma jamoa yoʻl oldi, faqat Oʻzbekiston avtomatik tarzda mezbon davlat sifatida finalga yoʻl oldi. Qolgan 23 jamoa esa oltita alohida qitʼa saralash musobaqalarida qatnashdi.
24 ta saralangan jamoadan uchtasi musobaqada debyut qildi: Fransiya, Yangi Zelandiya va Tojikistonhttps://www.nzfootball.co.nz/newsarticle/133698?newsfeedId=1391474#:~:text=Aotearoa%20New%20Zealand%20will%20be%20represented%20at%20the, the%20tournament%2C%20set%20to%20be%20played%20in%20Uzbekistan.. Tojikistonning Eron va mezbon Oʻzbekiston bilan birga saralash bosqichidan oʻtishi, birinchi marta Markaziy Osiyodan 3 ta davlat Jahon chempionatiga yoʻllanma olganini anglatgan. Bu, shuningdek, Tojikistonning kattalar oʻrtasidagi birinchi FIFA turniri boʻldi. Tojikiston terma jamoalari avval ikki marta FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Musoboqada avval ishtirok etgan jamoalar orasida Yevropaning Xorvatiya va Niderlandiya jamolari ham 24 yillik tanaffusdan keyin musoboqaga yoʻllanma olgan. Liviya 2012-yildagi musoboqadan soʻng, Kuba va Ukraina esa soʻnggi 2021-yilgi turnirni oʻtkazib yuborganidan keyin saralashdan muvaffaqiyat oʻtdi.
Eʼtiborga molik jihatlar orasida Rossiya ham bor. Rossiya davlati Ukrainaga bostirib kirishi sababli UEFA tomonidan saralashdan chetlashtirilgan. Futzal boʻyicha Osiyo Kubogi-2022 chempioni Yaponiya terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor futzal boʻyicha Osiyo kubogi guruh bosqichidan chiqa olmadihttps://www.msn.com/ja-jp/sports/tennis/%E3%82%A2%E3%82%B8%E3%82%A2%E6%9D%AF%E9%80%A3%E8%A6%87%E3%82%92%E7%9B%AE%E6%8C%87%E3%81%97%E3%81%9F%E3%83%95%E3%83%83%E3%83%88%E3%82%B5%E3%83%AB%E6%97%A5%E6%9C%AC%E4%BB%A3%E8%A1%A8-%E3%82%B0%E3%83%AB%E3%83%BC%E3%83%97%E6%95%97%E9%80%80%E3%81%8C%E6%B1%BA%E5%AE%9A-2%E5%A4%A7%E4%BC%9A%E3%81%B6%E3%82%8A%E3%81%ABw%E6%9D%AF%E5%87%BA%E5%A0%B4%E6%A8%A9%E9%80%83%E3%81%99/ar-AA1nteHV. Afrikadan Misr 2024-yilgi futzal boʻyicha Afrika Millatlar Kubogida Liviyaga qarshi uchinchi oʻrinni yutqazib, 1992-yildan beri ilk marta saralash bosqichidan oʻta olmadi.
Chexiya, Serbiya va Qoʻshma Shtatlar 2021-yilgi musoboqadan keyin navbatdagi turinirga saralashdan oʻta olmadi. KonfederatsiyaJamoaSaralash turniriMusoboqadagi ishtirokOxirgi ishtirokAvvalgi eng yaxshi natijaOFK Mezbon mamlakat3-marta2021 (2021)AFC Futzal Osiyo Kubogi 2024DebyutN/ADebyut9-marta2021 (2016)DebyutN/ADebyut7-marta2021 (2012, 2016, 2021)CAF Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Afrika Millatlar Kubogi2-marta2021 (2021)3-marta2021 (2008, 2012)4-marta2021 (2021)KONKAKAF Futzal bo‘yicha 2024-yilgi KONKAKAF chempionati6-marta2021 (2016)6-marta2016 (1996, 2000, 2004, 2008, 2016)6-marta2021 (2000, 2008, 2012, 2016, 2021)4-marta2021 (2012)CONMEBOL 2024-yilgi Amerika futzal kubogi10-marta2021 (2016)10-marta2021 (1989, 1992, 1996, 2008, 2012)8-marta2021 (2016)2-marta2021 (2021)OFC Futzal bo‘yicha 2023-yilgi OFK chempionatiDebyutN/ADebyutUEFA Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionati saralashi (UEFA)2-marta2000 (2000)DebyutN/ADebyut4-marta2021 (2021)5-marta2000 (1989)7-marta2021 (2021)10-marta2021 (2000, 2004)6-marta2016 (1996)
Joylar va stadionlar Musoboqa Oʻzbekistonga topshirilgacha, FIFA Oʻzbekistonning Toshkent, Buxoro, Andijon va Fargʻona shaharlaridagi arenalarni oʻrganish uchun joʻnab ketdi.
2024-yil 19-aprelda Toshkent, Buxoro va Andijon uchta mezbon shahar sifatida tasdiqlangan.
Toshkent Humo Arena Sigʻimi: 12,500 Andijon Buxoro Andijon universal sport majmuasi Universal Sport Majmuasi Sigʻimi: 4,000 Sigʻimi: 4,000
Qur’a tashlash right|thumb|250x250px|UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Samarqand shahridagi Registon maydonida qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa tashlash marosimi 2024-yil 26-may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida boʻlib oʻtdihttps://www.fifa.com/fifaplus/en/tournaments/mens/futsalworldcup/uzbekistan-2024/articles/official-mens-world-ranking-launched. Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, Osiyoning ikki karra enga futbolchisi Server Jeparov, „Manchester Yunayted“ va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Louis Saha va ispaniyalik sobiq futzalchi Kikelar mehmon boʻlishdi va qur’a tashlash marosimida yordam berishdi.
Savatlarga ajratish 24 ta jamoa toʻrtta jamoadan iborat oltita guruhga boʻlindi, mezbon Oʻzbekiston avtomatik tarzda 1-pogʻonaga joylashdi va „A“ guruhida birinchi oʻrinni egalladi. Jamoalarni savatlarga ajratish FIFA futzal boʻyicha jahon reytingining 2024-yil 6-maydagi xolatiga koʻra koʻrsatilganhttps://www.fifa.com/fifaplus/en/tournaments/mens/futsalworldcup/uzbekistan-2024/articles/draw-group-results.
Qur’a A1 mezbonidan boshlandi, birinchi boʻlib 1-savatdagi jamoalar qur’a tashlandi, 2, 3 va 4-savatlardagi jamoalar jugʻrofiy toʻqnashuvga yoʻl qoʻymaslik uchun guruhlarni oʻtkazib yuborishlari kerak va bitta konfederatsiyadan 2 ta jamoa boʻlmaydi, keyin qura 4-savatdagi jamoalar bilan yakunlandi. Savat 1Savat 2Savat 3Savat 4
Qur’a + A guruhi JamoaA1 A2 A3 A4 + B guruhi JamoaB1 B2 B3 B4 + C guruhi JamoaC1 C2 C3 C4
+ D guruhi JamoaD1 D2 D3 D4 + E guruhi JamoaE1 E2 E3 E4 + F guruhi JamoaF1 F2 F3 F4
Oʻyin rasmiylari Turnir uchun quyidagi rasmiylar tanlab olindi. Futzal turnirida ikkinchi marta, 2021-yildan soʻng, FIFA futzal turnirida video qoʻllab-quvvatlash (VS) joriy etiladi.
Konfederatsiya HakamlarAFC Fahad Badir Ali Mohamed Alhosani Ran An Pornnarong Grairod Hiroyuki Kobayashi Ebrahim Mehrabi Afshar Anatoliy Rubakov Ryan Shepheard Trương Quốc Dũng Jianqiao Liu (yordamchi)CAF Tarek Elkhataby Mohamed Youssef Khalid Hnich Aymen KammounCONCACAF Reinier Fiss Jorge Flores Ricardo Lay Roberto López Diego Molina Josh Wilkens
Konfederatsiya HakamlarCONMEBOL Cristian Espíndola Daniel Manrique Daniel Rodríguez Rolly Alexander Rojas Lautaro Romero Anelize Schulz Bill Rafael Villalba Oriana ZambranoOFC Anthony Riley Chris SinclairUEFA Cristiano Cardoso Ondřej Černý Juan José Cordero Eduardo Fernandes Damian Grabowski Nikola Jelić Nicola Manzione Alejandro Martínez Daniel Matković Dejan Veselič
Tarkib
Har bir jamoa koʻpi bilan 30 nafar oʻyinchidan iborat dastlabki tarkibni taqdim etishi kerak (ulardan 3 nafari darvozabon boʻlishi kerak). Dastlabki tarkibdan jamoa FIFA tomonidan belgilangan muddatga qadar 14 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni (ulardan ikkitasi darvozabon boʻlishi kerak) nomlashi kerak. Yakuniy tarkibdagi oʻyinchilar jiddiy jarohat yoki kasallik tufayli jamoaning birinchi oʻyini boshlanishidan 24 soat oldin dastlabki tarkibdagi oʻyinchi bilan almashtirilishi mumkin. Barcha ishtirokchi jamoalar FIFA tomonidan belgilangan koʻrsatmalarga muvofiq va belgilangan muddatda futzal boʻyicha 2024 yilgi Jahon chempionati uchun tarkiblarini nomlashlari kerak. Shartlarga rioya qilmagan jamoa diskvalifikatsiya qilindi.
Guruh bosqichi Hamma vaqt mahalliy, UZT (UTC+5). Jadval qur’a tashlash marosimidan soʻng eʼlon qilingan.
A guruhi
B guruhi
C guruhi
D guruhi
E guruhi
F guruhi
Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar reytingi Oltita guruhdan uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa, oltita guruh gʻolibi va oltita ikkinchi oʻrin sohibi bilan birga pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Pley off bosqichi Pley-off bosqichida, agar oʻyin normal oʻyin vaqti oxirida teng boʻlsa, qoʻshimcha vaqt (har biri besh daqiqadan ikki davr) oʻynaldi va kerak boʻlsa, gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi orqali oʻtkazildi. Biroq, uchinchi oʻrin uchun oʻyin uchun, agar u toʻgʻridan-toʻgʻri final oldidan oʻtkazilsa, qoʻshimcha vaqt oʻtkazilmaydi va gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi.
16-turdagi oʻyinlar kombinatsiyasi Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar ishtirokidagi oʻziga xos oʻyinlar 1/8 finalga uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta jamoa yoʻllanma olganiga bogʻliq:
Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalarguruhlardan oʻtishdi 1Avs 1Bvs 1Cvs 1DvsABCD3C3D3A3BABCE3C3A3B3EABCF3C3A3B3FABDE3D3A3B3EABDF3D3A3B3FABEF3E3A3B3FACDE3C3D3A3EACDF3C3D3A3FACEF3C3A3F3EADEF3D3A3F3EBCDE3C3D3B3EBCDF3C3D3B3FBCEF3E3C3B3FBDEF3E3D3B3FCDEF3C3D3F3E
Bosqichlar
Nim chorak final
Chorak final
Yarim final
Uchinchi oʻrin uchun oʻyin
Final
Gol mualliflari Turnir davomida 52 ta oʻyinda 362 ta gol urilgan (oʻrtacha har bir oʻyinga 6.96 tadan)
Turnir yakuniy reytingi Futbol boʻyicha statistik konventsiyaga koʻra, qoʻshimcha vaqtda hal qilingan oʻyinlar gʻalaba va magʻlubiyat sifatida, penaltilar seriyasi bilan hal qilingan oʻyinlar esa durang deb hisoblanadi.
JamoaYakuniy natija1 7 7 0 0 40 6 +34 21Chempion2 7 6 0 1 30 12 +18 18Ikkinchi oʻrin3 7 5 0 2 33 19 +14 15Uchinchi oʻrin4 7 4 0 3 24 23 +1 12Toʻrtinchi oʻrin5 5 3 1 1 18 9 +9 10Chorak finalda ishtirokini yakunlagan6 5 3 0 2 15 11 +4 97 5 3 0 2 16 15 +1 98 5 2 0 3 17 27 –10 69 4 3 0 1 23 10 +13 9Nim chorak final bosqichida ishtirokini yakunlagan10 4 3 0 1 18 6 +12 911 4 2 1 1 17 4 +13 712 4 2 0 2 15 20 –5 613 4 1 2 1 11 10 +1 514 4 1 1 2 9 15 –6 415 4 1 0 3 9 12 –3 316 4 1 0 3 9 13 –4 317 3 1 0 2 12 19 –7 3Guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan18 3 1 0 2 4 13 –9 319 3 0 1 2 7 12 –5 120 3 0 0 3 7 15 –8 021 3 0 0 3 11 22 –11 022 3 0 0 3 10 22 –12 023 3 0 0 3 2 20 –18 024 3 0 0 3 5 27 –22 0
Homiylar
Adidas
Turnirning oʻtkazishda yordam bergan mezbon davlat tashkilotlari
Marketing 2024-yil 20-mayda FIFA tomonidan turnir logosi taqdim etilgan. Logotipda anʼanaviy oʻzbek oshxonasida tez-tez ishlatib kelinadigan qalampirning tasvirlangan.
Manbalar
Turkum:FIFA Futzal Jahon chempionati Turkum:Oʻzbekiston mezbonlik qilgan xalqaro futbol musobaqalari Turkum:FIFA futzal Jahon chempionati 2024 Turkum:2024-yilda Oʻzbekiston futboli