Bogʻiston mahallasi (14-mavze guzari, 6-a uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Bogʻobod, Koʻhna Choʻponota mahallalari, Chilonzor tumanidagi sport internati bilan chegaradosh. 1966-yildagi zilziladan soʻng qurilgan. 1992-yilda Bogʻiston mahallasi tashkil etilgan. Aholisi 8 656 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 44 koʻp qavatli uylar, 2 ta bolalar bogchasi, „Bogʻiston-non“ qoʻshma korxonasi, oʻrta maktab, poliklinika, aloqa boʻlimi va 25 dan ortiq doʻkon, dorixona, sartaroshxona va turli savdo shoxobchalari mavjud.
Manbalar
Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar