Dilbogʻ mahallasi (Qorasuv 1-daha, 120) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Parvoz, Goʻzal, Iltifot, Barkamol mahallalari bilan chegaradosh. 1986-yil bahor faslida tashkil topganligi uchun Bahor mahallasi deb atalgan. Aholisi 4 515 kishi, turli millat vakillaridan iborat (2009). Mahalla hududida 3 ta madaniy-maishiy, 2 ta maʼrifiy obyektlar, 4 ta sport inshooti mavjud.

Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Dilbogʻ deb oʻzgartirilgan.

Manbalar

Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar