Muxtor Ashrafiy mahallasi (M.Ashrafiy 1-berk koʻcha, 35) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Joʻrabek, Boysun, Beshbola, Qorasuv mahallalari bilan chegaradosh. Shoʻrolar davrida „Choraklik qoʻmita № 13“ deb atalgan. 1990-yil 5-aprelda kompozitor Muxtor Ashrafiy (1912-1975) nomi berilgan. Aholisi 3 500 kishini tashkil qilgan (2009), koʻp millatli. Maxalla xududida 6 ta doʻkon, toʻyhona ,3 ta kafe, 28 ta davlat korxonasi, 7 ta xususiy korxona joylashgan.
Manbalar
Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar