Alpomish mahallasi (Ravon koʻchasi, 23) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Oltintepa, Yangi Avayxon, A.Navoiy, Olimlar mahallalari bilan chegaradosh. 1984-yilda tashkil topgan. Oldin Vatan deb nomlangan. 2005-yildan oʻzbek xalq qahramonlik dostoni bosh qahramoni nomi bilan atalgan. Aholisi 5 014 kishi (2008). Turli millat vakillari istiqomat qiladi. Mahalla hududida bosmaxona, 9 ta doʻkon, 2 ta poliklinika mavjud.

Manbalar

Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar