Amir Temur mahallasi (Furqat koʻchasi, 20-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Tuzel, Usmon Nosir, Birlashgan va Navroʻz mahallalari bilan chegaradosh. 1988-yilda tashkil etilgan. 1970-yilga qadar Qibray tumani jamoa xoʻjaligiga qarashli bogʻ (uzumzor, olmazor) boʻlgan. Koʻp qavatli uylar qurilishi munosabati bilan shahar ixtiyoriga oʻtkazilib, mahalla tashkil topgan. 1991-yil Amir Temur nomi berilgan. Aholisi 3200 kishi, koʻp millatli (oʻzbek, qozoq, tatar, rus va boshqalar) (2008). Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, bir necha sanoat korxonalari, 2 ta avtosaroy mavjud boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar