Umumiy taʼrif

Tim Bernars-Lee 1989-yilda Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri (inglizcha: World Wide Web) deb atalgan va butun dunyo boʻylab maʼlumot ulasha oladigan tizimga asos soldi[https://home.cern/science/computing/birth-web/short-history-web . Shundan buyon Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri ulkan rivojlanishlarga erishdi va hali ham rivojlanib kelyapti. Maʼlumotlar asosan veb brauzer orqali ulashiladi.

esa veb brauzerda ishlaydigan va ishlab chiqish va ularning sifatini doimiy ravishda nazorat qilish sohasidir. Kundalik ravishda dunyo aholisining juda katta qismi foydalanadigan , va tarmoqlari Veb Dasturlashning namunalaridir [https://starry.com/blog/inside-the-internet/how-big-is-the-internet . Veb Dasturlash va Veb Dizayn oʻzaro yaqin soha hisoblanadi. Veb Dizayn — veb sahifa va veb ilovalarning koʻrinishini yaratish boʻlsa, Veb Dasturlash ularga turli xil imkoniyatlarni qoʻshishga yordam beradi.

Qismlar

da foydalaniladigan asosiy vositalarga HTML(Hypertext Markup Language), CSS (Cascading Style Sheets) va JavaScript kiradihttps://brainstation.io/career-guides/what-is-web-development.

 — veb sahifa va veb dasturlarning tashqi koʻrinishida aks etgan elementlarning tartibini belgilaydigan til hisoblanadi.

esa elementlarning foydalanuvchiga yanada tartibli, chiroyli va moslashuvshan koʻrinishiga javob beradi.

 — HTML va CSS orqali chiroyli koʻrinishga keltirilgan veb sahifa yoki veb ilovaga turli vazifalarni bajara oladigan imkoniyatlar qoʻshish uchun ishlatiladi.

Bu vositalar orqali Veb Dasturlashning Front End qismi yaratiladi. Veb Dasturlashning yana bir qismi Back End deb ataladi. Back End ham oʻz oʻrnida turli vositalar orqali hosil qilinadi. Front End va Back End API orqali oʻzaro birga ishlaydi.

API — Back End va Front End oʻrtasida maʼlumot almashish uslubihttps://aws.amazon.com/what-is/api.

Front End Dasturlash

Front End Dasturlash — veb sahifa va veb ilovalarning foydalanuvchiga koʻrinadigan qismini hosil qilish sohasidir. Bu qism HTML, CSS va JavaScript vositalari orqali yaratiladi. Bu vositalar bilan ishlaydigan kasb egasini Front End Dasturchi deb ataladi. Front End Dasturchiga qulayliklar yaratish maqsadida turli xil qoʻshimcha vositalar, jumladan, Sass, Bootstrap, React yaratilgan. Bu vositalar veb sahifaning foydanalanuvchi koʻradigan qismini tezroq va osonroq yaratishga yordam beradihttps://brainstation.io/career-guides/what-is-web-development.

Back End Dasturlash

Front End Dasturlash veb sahifa yoki veb ilovaning koʻrinishiga javobgar boʻlsa, Back End qanday ishlashiga javob beradi. Back End Dasturlash maʼlumotlarni veb brauzerning foydalanuvchi koʻradigan qismiga qanday uzatilishini taʼminlaydihttps://www.upwork.com/resources/beginners-guide-back-end-development. Back End Dasturlashda ishlatiladigan vositalar juda koʻp. Ulardan eng ommaboplari PHP, Ruby, Python, Node.js va C#(inglizcha:[si shɑrp])https://learn.microsoft.com/en-us/dotnet/csharp/tour-of-csharp/

Maʼlumotlar Bazasi

Maʼlumotlar Bazasi — Foydalanuvchiga kerakli yoki u tomonidan kiritiladigan, saqlanadigan, qayta ishlanadigan yoki oʻchiriladigan maʼlumotlar yigʻindisidir. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradihttps://www.oracle.com/database/what-is-database/.

Veb Xavfsizlik

Front End va Back End Dasturlashda yoʻl qoʻyilgan kichik xato ham veb sahifa yoki ilovadagi muhim va jiddiy maʼlumotlarni xaker tomonidan oʻgʻirlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Veb Xavfsizlik esa veb sahifa va ilovaning xavfsizligini taʼminlovchi soha hisoblanadihttps://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/Security va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

Maʼlumot xavfsizligi Bu orqali veb sahifa yoki ilovadagi maʼlumotlarga qilingan hujumga yoki ularga qoʻshimcha kiritish kabi holatlarning oldi olinadihttps://web.dev/csp/. Aloqa xavfsizligi  Turli qurilmalar oʻzaro ishlashi mobaynida uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlaydihttps://www.sciencedirect.com/topics/computer-science/connection-security-rule. Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi Foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlarning, jumladan, foydalanuvchi nomi, maxfiy kaliti va toʻlov vositalarining xavfsizligini taʼminlaydihttps://www.ibm.com/topics/data-security.

Yana qarang What is Web Development What is Front End Development What is Back End Development

Manbalar

Turkum: Dasturlash Turkum: Dasturchi Turkum: Informatika Turkum: Kompyuter Turkum: HTML Turkum: CSS Turkum: JavaScript Turkum: PHP Turkum: Python