Pomidorning effekti, odatda, kasallikning hozirgi mavjud tushunchasi yoki nazariyasi kontekstida mantiqiy boʻlmaganligi sababli, samarali davolash usullari rad etilganda paydo boʻladi. Bu nom pomidorning XIX asrning oxirigacha aksariyat Shimoliy Amerikaliklar tomonidan oziq-ovqat manbai sifatida qabul qilinmaganligini anglatadi, chunki oʻsha paytdagi insonlar eʼtiqod boʻyicha ular pomidorning zaharli ekanligiga ishonishgan.
Yonma-yon(parallel) xavotir - bu yangi klinik sinovlarga asoslangan yangi klinik ma'lumotlar yoki meditsina tajribasiga zid bo'lgan kasallikni tushunishga asoslangan tibbiy reversiyadir. Tibbiy reversiya asl klinik tajriba muvaffaqiyatga erisha olmagan yoki foydadan ko'proq zarar keltirganligini anglatadi. Bu almashtirish hodisasidan farq qilgani sababli, foydali klinik sinov yaxshiroq ishlaydigan bilan almashtiriladi.
Misollar Pomidor 1560-yillarga kelib Yevropada asosiy oziq-ovqat mahsulotiga aylandi, Shimoliy Amerikada ular 1820-yillarga qadar zaharli hisoblanganligi sababli ulardan voz kechishadi. Xuddi shu kabi og'riq va isitmani yengillashtirish uchun majnuntol daraxti po'stlog'i ekstrakti eʻtiborsiz qoldirilgan va faqat 1800-yillarning oxirlarida salitsilat (shuningdek, Aspirin nomi bilan ham tanilgan) tijorat ishlab chiqarilishi bilan bemorlarni ushbu yoʻsinda muolaja qilish buyurilgan.
1753-yilda iskorbitni limon sharbati bilan davolash mumkinligi aniqlandi. Ushbu nazariyaga qaramay, 1800-yillarning oʻrtalariga qadar bu yumor disbalansi deb hisoblangan.
Maʼlumotnomalar