Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy (arabcha: أبو أحمد محمد الأستغداديزى — Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad Astugʻdadiyziy) — Roviy.

Toʻliq ismi Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad ibn Abu an-Nazr Ahmad ibn Abulqosim Hamdon al-Astugʻdodiyziy. U X asrning ikkinchi yarimida Nasafga qarashli Astugʻdadiyza qishlogʻida tugʻilgan. Faoliyati Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy odobi bilan oʻz davrining solih va vazmin shayxi va olimi boʻlgan. Gʻaznaga borgan va u yerda Sulton Mahmud Sabukteginning baʼzi farzandlariga taʼlim va odob berish bilan shugʻullangan. Soʻngra oʻz Vataniga qaytib, shu yerda muqim yashab qolgan. Faqat ibodat bilan mashgʻul boʻlgan. Ustozlari Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abu Bakr ar-Roziydan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. Shogirdi Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziydan Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Bakr an-Nagʻshabiy hadis rivoyat qilgan. Vafoti Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy 439/1047-yili rabiʼulavval oyida vafot etgan. Janozasiga Nasaf qasabasi va qishloqlaridan kelgan koʻp odamlar qatnashganAbdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 137.. Manbalar

Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.

Turkum:Islom:Shaxslar