Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasioʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi.

Vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasida vakolatlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Tuzilmasi

Qoʻmitalari Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasiSenatda yangi qoʻmita tuzildi Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

Komissiyalari Reglament va odob komissiyasi Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi

Devoni Tashkiliy — nazorat boʻlimi Yuridik boshqarma Axborot-tahlil boshqarmasi Mahaliy ijro etuvchi xokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish boʻlimi Xalqaro aloqalar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi Jamoatchilik bilan aloqalar va tahrir boʻlimi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi Moddiy-texnika va taʼminot boʻlimi Moliya, hisob va hisobot boʻlimi

Raislari Murod Sharifxoʻjayev (20.01.2002 — 27.01.2006) Ilgizar Sobirov (27.01.2006 — 23.01.2015) Nigʻmatilla Yoʻldoshev (23.01.2015 — 21.06.2019) Tanzila Norboyeva (21.06.2019-yildan)

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi