Qiziltanlilar yoʻlboshchisi () — amerikalik yozuvchi O. Genri qalamiga mansub hajviy qissa-novella. Bu qissa () 1910-yilda Doubleday, Page & Company tomonidan nashr etilgan „Aylanish“ () qissalar toʻplamiga kiritilgan.
Mazmuni Ushbu hikoya voqealari qissa qahramonlardan biri Sem tomonidan hikoya qilinadi.
Hikoya voqealari AQShning Alabama shtatidagi shaharlardan birida sodir boʻladi. Ikki firibgar Sem va Bill Driskoll pulga juda muhtoj edi. Ular moʻmay daromadni qoʻlga kiritish maqsadida bolani - shaharning badavlat kishisi boʻlmish Ebenezer Dorsetning toʻqqiz yoshli oʻgʻlini oʻgʻirlab ketib, uni oʻrmondagi gʻorga yashiradilar va otasiga 2000 dollar garov puli toʻlash evaziga bolani ozod qilishlari haqida xat yubormoqchi boʻladilar. Biroq, oʻzini qiziltanlilar boshligʻi deb ataydigan bola bu ishlarning barchasini oʻyin deb qabul qiladi va oʻzini qiziqarli sayohatga chiqqanligiga ishonadi hamda uyga qaytishni umuman hohlamaydi. Bundan tashqari, u Bill va Semni hindular oʻyiniga jalb qilib, ularga oʻz qoidalarini oʻtkazishga harakat qiladi. Vaziyatning kulgililigi ushbu gʻarazgoʻy odamlarning shumtaka bolaning hurmacha qiliqlari oldida oʻz-oʻzidan ojiz boʻlganligi bilan yanada kuchayadi. Deyarli umidsizlikka tushib qolgan Bill, Sem yoʻqligida bolakayning toʻpolonlaridan zada bolgach, bu yoʻlboshchidan qanday qutulishni bilmaydi va bolani uyiga haydab yuboradi.
Biroq, bola ketishni xayoliga ham keltirmaydi va Bill bilan Semning yoniga qaytib keladi. Keyin ular garov pulini 1500 dollarga tushirishga qaror qilishadi va bolaning ota-onasi pulni toʻlab, bolani olib ketishlariga ishongan holda, shosha-pisha tahdidli xat yuborishadi. Ammo voqea ular oʻylagandek boʻlib chiqmaydi. Janob Dorset nafaqat oʻzining shumtaka bolalisi uchun toʻlovni toʻlashdan bosh tortadi, balki ushbu ikki „gʻarazgoʻy“ga Jonni qaytarib olishi uchun unga 250 dollar toʻlashlari keraklogini aytadi. Eng muhimi, Jonnining toʻpolonlaridan bezor boʻlgan mahalladagi qoʻshnilari bunga toʻsqinlik qilmasliklari uchun bolani faqat tunda olib kelishlarini aytadi. Sem va Bill bunga rozi boʻlishadi
Tarjimalar O. Genri asarlarining rus tiliga ilk bor 1915-yilda tarjima qilingan, keyinchalik ular koʻp marta qayta nashr etilgan. Ushbu qissaning rus tiliga eng mashhur tarjimasi N.<span typeof="mw:Entity" id="mwJg"> </span>L.<span typeof="mw:Entity" id="mwJw"> </span>Daruzes tomonidan tarjima qilingan.
Ekranlashtirish Qisqa hikoya Amerika Qoʻshma Shtatlarida va boshqa mamlakatlarda alohida filmlar shaklida ham, kinoromanlar toʻplamining bir qismi sifatida ham bir necha bor suratga olingan.
" Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " ( (Edison Manufacturing Company, 1911) " Qiziltanlilar rahbari va boshqalar … " () (XX Century Fox, 1952) " Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " () (NBC, 1959)
" Ishbilarmonlar kishilar " (Mosfilm, 1962) „ Yumshoq dumli shaytonvachcha“ (multfilm, Multtelefilm, 1985) " Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " () (Hallmark Entertainment, 1998) " Jinoyatdagi niqoblar " (ORT/Birinchi kanal, 2000) „Masha va ayiq-boʻrilar bilan yashang …“ (multfilm, „Animaccord“, 2010) „Qiziltanlilar boshligʻi“ („Rekun-cinema“, 2012) „ Dahshatli Penni“ Penny Dreadful) (qisqa metrajli, , 2013)
Taʼsiri Roman nashr etilgandan va ekranlashtirilgandan soʻng, oʻgʻirlab ketilgan bolalar va uni qaytarish uchun pul toʻlashga majbur boʻlganlar haqidagi hikoyalar kino va badiiy adabiyotda keng tarqaldi. Oʻzining boshqa asarlari singari. Genri, „Qiziltanlilar boshligʻi“ madaniy metaforaga aylandi. Ayniqsa, bolalar uchun moʻljallangan teleseriallarda koʻpincha shu gʻoyaga asoslangan epizodlar koʻrsatiladi; Masalan, „She-Ra:Princess of Power“ animatsion multserialidagi Parfume qahramoni yoki Disneyning Bendlardagi moʻjizalaridagi Luiza Lamur („The Ransom of Red Chimp“ nomli epizodda) yoki „Qiynovchi Dennis“ filmi.
Kitob Sovet Ittifoqida ikki marta moslashtirilgan — u ekranlashtirilib, Leonid Gaydayning „ Ishbilarmonlar kishilar“ nomli filmi sifatida tasvirga olingan (televidenie versiyasida O.Genrining hikoyalaridan uchta farqli joyi bor) va antropomorfik parodiya boʻlmish „Yumshoq dumli shaytonvachcha“ multfilmi zamonaviy Rossiyada ushbu syujet „Masha va Ayiq“ animatsion seriyasining " Boʻrilar bilan yashash … " seriali uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Yana qarang
„Ishbilarmonlar kishilar“ „Yumshoq dumli shaytonvachcha“ Enfant tirrible
Manbalar
Turkum:Hikoyalar Turkum:Qissalar Turkum:Qissalar toʻplamlari Turkum:Hikoya kitoblar