Mahmud ibn Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiy (Abu Muhammad Zahiruddin) — faqih, muhaddis, muarrix, sufiy boʻlgan. „Nizomiya“ madrasasida voizlik qilgan, soʻngra oʻz yurtiga qaytib kelgan va shu yerda taxminan milodiy 1173-yil (hijriy 568-yil) vafot etgan. Asarlari „Tarixu Xorazm“ („Xorazm tarixi“, 8 jildli) „Kofiy fi-l-fiqh“(„Fiqh ilmi boʻyicha yetarli kitob“).
Manbalar