Slavoljub Đorđević (, ) — Radnik Surdulica klubi Bosh murabbiyi. Hayoti Faoliyatini 1998-yilda Radnichkada boshlagan. Keyingi yili Bolgariyaning „Spartak Varna“ jamoasiga oʻtdi va 2003-yilning oʻrtalariga qadar klub aʼzosi boʻldi. Bu vaqt ichida bir qancha Yugoslaviya va Bosniya klublarida ijara asosida harakat qilgan va oʻzi „Spartak“ tarkibida bor-yoʻgʻi 10ta oʻyinda maydonga tushgan.

2003-yil oʻrtalarida Jorjevich Serbiya futbolining flagmani — „Crvena Zvezda“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Crvena“ tarkibida Jorjevich juda yaxshi oʻynadi va klubda oʻtkazgan ikki yarim mavsumda 44 ta oʻyin oʻtkazdi. 2005-yilning yozida u bilan Rossiyaning Alaniya klubi qiziqib qoldi va tez orada Vladikavkaz klubi bilan shartnoma imzoladi. Alaniyada „Srvena Zvezda“dagidek oʻzini koʻrsata olmadi va 2006-yilni Ukrainaning ikkita klubi — „Volin“ va „Krivbas“da ijarada oʻtkazdi. 2007-yil boshida Yaroslavl „Shinnik“ klubiga koʻchib oʻtdi va ikki mavsumda „Shinnik“ uchun 33 ta oʻyin oʻtkazdi. 2009-yil boshida Avstriyaning „Altax“ klubiga ijaraga oʻtdi va ushbu klubda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Oʻsha yilning yozida u Serbiyaga qaytib, yana Red Star Belgradga koʻchib oʻtdi. Belgrad jamoasida ikki mavsumda 33 ta oʻyin oʻtkazdi. 2011-yil boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2013-yil oxirigacha „Bunyodkor“ safida toʻp surgan va shu vaqt ichida 39ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urganSlavolyub Jorjevich: Oʻzbek xalqi futbolni sevadi! .

Murabbiylik statistikasi

+JamoaBoshlanish davriTugash davriQaydOʻyinYutuqDurangMagʻlubiyatGol urilganGol qaytarilganFarqi Radnik Surdulica 9-sentyabr 2020 6-iyun 2021 18 6 12 56 41 +15 50 Vojvodina 12-iyun 2021 12-mart 2022 14 6 13 42 46 −4 42 Radnik Surdulica 29-dekabr 2022 hozirgacha 10111 +050Jami3312269988 +1147

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:FK Radnički Niš futbolchilari Turkum:FK Jedinstvo Ub futbolchilari Turkum:FK Leotar futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:FC Volyn Lutsk futbolchilari Turkum:FC Kryvbas Kryvyi Rih futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:SC Rheindorf Altach futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar