Bu sahifada Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi personajlar roʻyxati keltirilgan.
Personajlar
Kapitan Jack Chittak
Jack Chittak — qaroqchi, Qora marvarid kapitani, Karib dengizi qaroqchi-baroni. U oʻz maqsadlariga erishish uchun aql-zakovat, yolgʻon va oʻziga xos kompasdan foydalanadi, nizolarni kuch bilan emas, balki aql bilan hal qilishni afzal koʻradi, lekin jang qilishdan boshqa chora qolmaganida, jang qiladi. U shlyapasi bilan faxrlanadi. Romni juda yaxshi koʻradi. Hatto, Elizabeth Swannni Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi laʼnati filmida barcha rom bochkalarini yoqib yuborgani uchun otib tashlashga tayyor boʻlgan.
Will Turner
William „Will“ Turner, Jr. — Bill Turnerning oʻgʻli. Birinchi filmda u janob Brown ustaxonasida shogird boʻlib ishlaydi. Shuningdek, u „qaroqchiga duch kelganida oʻzini himoya qilish“ uchun kuniga uch soat qilichbozlik bilan mashgʻul boʻlgan (garchi oʻzi ham oxir-oqibat qaroqchiga aylangan). Elizabeth Swannni sevib qolib, uchinchi filmning oxirida uning eriga aylangan. Uchinchi filmda „Uchar gollandlar“ sardori sifatida laʼnatlangan boʻlsa, beshinchi filmda oʻgʻli tufayli bu lanʼatdan qutuladi.
Elizabeth Swann
Elizabeth Swann — gubernator Weatherby Swannning qizi, qaroqchilar qiroli, Singapur qaroqchi baroni (Sao Feng vafotidan keyin). Will Turner va James Norringtonning sevgilisi. Ikkinchi filmda Elizabeth jamoaning qolgan qismini oʻlimdan qutqarish uchun Jack Chittakni Kraken qoʻliga topshirgani haqida hikoya qiladi. Kapitan Jackni tiriklar dunyosiga qaytarish uchun u kapitan Barbossa boshchiligida bir jamoa bilan oʻliklar olamiga, Davy Jonesning sirli joyiga boradi. Uchinchi filmda u Sao Feng oʻrniga Janubiy Xitoy dengizining baroni boʻladi, shuningdek, Jack Chittakning ovozi tufayli tarixdagi birinchi qirolicha-qaroqchiga aylanadi. Qirolicha. Willning xotini, Henryning onasi. Ushbu personaj toʻrtinchi filmda paydo boʻlmagan.
Hector Barbossa
Hector Barbossa — qaroqchi, Karib dengizi baroni, Qora marvaridning sobiq kapitani. Birinchi qismda u asosiy yovuz qahramon boʻlsa-da, keyingi filmlarda ijobiy qahramonga aylanadi. Toʻrtinchi filmda u Angliyaga xizmat koʻrsatuvchi kaper, ammo film oxirida u yana qaroqchiga aylanadi. Beshinchi filmda Hector qilich yordamida shishadan „Qora marvarid“ni chiqaradi. Jack, Henry va Karinani Salazardan qutqarib halok boʻladi.
Joshamee Gibbs Joshamee Gibbs yoki janob Gibbs — Jackning birinchi turmush oʻrtogʻi va doʻsti.
John Brown John Brown — abadiy mast temirchi, birinchi filmning boshida Will Tunerning oʻqituvchisi.
Anamaria Anamaria — ayol qaroqchi. Jack Chittak bilan toʻqnash kelish imkoniyati uchun janob Gibbs va Will Tuner’ga qoʻshilishga rozi boʻlgan.
Cotton Cotton — soqov qaroqchi. Oʻzi gapira olmasa-da, toʻtiqushga gapirishni oʻrgatgan.
Pintel va Ragetti Pintel va Ragetti — Barbossa jamoasidagi qaroqchilar. Pintel — past boʻyli va tepakal; Ragetti — bir koʻzli. Ular ajralmasdir. Pintel Ragetti bilan solishtirganda, aqlliroq koʻrinad. Ragetti esa ahmoqga oʻxshaydi.
Davy Jones Davy Jones — „Uchar Gollandlar“ sardori va Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasining ikkinchi va uchinchi filmlaridagi asosiy yovuz qahramon. Tashqi qiyofasi sakkizoyoq tanasiga oʻxshab ketadi.
Tia Dalma / Calypso Tia Dalma / Calypso — bashorat qiluvchi ayol. Keyinchalik bu dengiz maʼbudasi Calypso ekani maʼlum boʻladi.
Armando Salazar Armando Salazar — Silent Mary kemasi kapitani, el Matador del Mar laqabi ostida tanilgan ispan qaroqchisi. Iblis uchburchagiga tushib, Jack Chittak tomonidan laʼnatlangan. Uning bir odati bor: Kemalarni vayron qilganda, doim bir kishini amalga oshirgan vayrongarchiliklariga guvoh sifatida tirik qoldiradi.
Carina Smyth Barbossa Carina Smyth Barbossa — astronom qiz. Jodugarlikda ayblanib, oʻlimga hukm qilinganda, Henry uni qutqaradi. Shundan soʻng, u Poseydon nayzasini topish uchun Qora marvaridga boradi. Keyinchalik u kapitan Hector Barbossaning qizi ekanligi maʼlum boʻladi.
Henry Turner Henry Turner — Will Turner va Elizabeth Swannning oʻgʻli. U otasini lanʼatdan xalos etish uchun Jack Chittakni qidiradi. Maqsad sari yoʻlda Henry Carina ismli astronom qiz bilan uchrashadi va ular birgalikda Poseydon nayzasini qidirishga kirishadilar.
Angelica Angelicani Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmida Penélope Cruz jonlantirgan. Otasi — Edward Teach (Qorasoqol), onasi — nomaʼlum. Jack Chittak bilan uzoq payt ishqiy munosabatda boʻlgan. Toʻrtinchi filmning boshida Angelica Jack Chittak qiyofasida Edward Teachning kemasi uchun jamoa toʻplaydi. Keyinchalik — Qorasoqolning bosh yordamchisiga aylanadi.
Kapitan Teague Kapitan Teague — Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmida birinchi marta paydo boʻlgan xayoliy qahramon. Kapitan Teague — „Qaroqchilar sharaf kodeksining qoʻriqchisi“, Jack Chittakning otasi. Shuningdek, gʻayratli jahongashta.
Yana qarang Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi aktyorlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar Karib dengizi qaroqchilari — viki
Turkum:Karib dengizi qaroqchilari