Tenge bank — Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi bank. Zamonaviy texnologiyaga ega bank hisoblanadi, korporativ va chakana mijozlarga xizmatlar koʻrsatadi.
Tarixi 2019-yil 18-may kunida ATB „Tenge Bank“ faoliyati uchun Oʻzbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi. 10-iyulda mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Avgust oyida esa Halyk xalqora guruhi Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgiziston va Rossiyadagi shoʻba korxonalarning rahbariyati, boʻlinmalari, fililar rahbarlari uchrashuv oʻtkazib Toshkentda oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi. 2020-yilning 28-aprelida bank ustav kapitalini qoʻshimcha oshirdi. 2025-yil 23-iyul kuni "Qozog‘iston Xalq banki" AJ va O‘zbekiston "Click," AJ bilan Click’ning 49 foiz aksiyalarini sotib olish va "Tenge Bank" ATBning 49 foiz aksiyalarini Clickga sotishini e’lon qildi.
Reyting Moody’s Investors Service
Kreditni toʻlashga qodirlikning toʻgʻirlangan asosiy bahosi, ba3 Kreditni toʻlashga qodirlikning asosiy bahosi, b3 Kontragent riskining muddatidan oldingi bahosi, Ba2 (cr)/NP (cr) Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (milliy valyutada), Ba2/NP Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (chet el valyutasida), Ba3/NP Muddatidan oldin bank omonatlari (milliy valyutada), Ba3, bashorat „barqaror“ Muddatidan oldin bank omonatlari (chet el valyutada), B1, bashorat „ijobiy“ Kontragent riskining qisqa muddatli bahosi, NP (cr) Kontragent riskining qisqa muddatli reytingi, NP Qisqa muddatli bank omonatlari, Ba3/NP
Aksiyadorlar Bank „Qozogʻiston Xalq banki“ OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli shoʻba korxonasi hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Instagram rasmiy sahifasi Telegram rasmiy sahifasi YouTube rasmiy sahifasi Facebook rasmiy sahifasi
Turkum:Oʻzbekiston banklari Turkum:Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari