Beshiktosh- Turkiyadagi Superligada ishtirok etuvchi Beshiktosh Gimnastika Klubining futbol jamoasi hisoblanadi. U 1903-yilda Bereket Gimnastika Klubi nomi ostida tashkil etilgan. 2012—2013-yilgi mavsum oxirida klub yangi maydoni qurilishini boshladi. U gerblarida yarim oy va yulduz tasvirlanishiga ruxsat berilgan 28 ta turk klubidan biridir. O'zining ichki va xalqaro ko'rsatkichlari, sovrinlari bilan Turkiyaning eng yaxshi futbol klublaridan biri hisoblanadi.

Beshiktosh klubi umumiy hisobda jami 16 ta Superliga (14 ta Superliga +2 ta Federatsiya kubogi),10 ta Turkiya kubogi va 9 ta Turkiya Superkubogi kabi sovrinlarga ega.

Shuningdek, u o'z tarixida jami 21 marta Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan. Jumladan, professional ligada 14 marta, Superligada 14 marta, Federatsiya kubogida 2 marta, futbol bo'yicha Turkiya chempionatida 2 marta va Milliy klasterda 3 marta. Jamoa 1986—1987-yilgi mavsumda ham o'z tarixidagi eng katta natijani qayd etib, Chempionlar kubogi chorak finaligacha yetib borgan. Superligada Galatasaroy va Fenerbaxche klublaridan keyin eng ko'p sovringa ega jamoa hisoblanadi. thumb| Beshiktosh gimnastika klubi 1917-yil 11-oktyabrdagi dengiz floti jurnalida thumb| Beshiktosh futbol jamoasi 1929- yil 27-dekabrdagi ''Siyosat''jurnalida. thumb| Beshiktosh futbol jamoasi Gol Sport jurnalida 1933-yil 1-aprelda

Yevropa kuboklari

UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali (1): 1986—1987-yillar; UEFA Yevropa ligasi chorak finali (2): 2002—2003-yillar, 2016—2017-yillar.

Manbalar

Havolalar Beshiktosh (futbol jamoasi) profili Beshiktosh rasmiy saytida 23 Eylül 2011 tarihinde Beshiktosh profili UEFA .com saytida 25 Eylül 2011 tarihinde Beshiktosh AŞ profili TFF.org saytida 28 Eylül 2018 tarihinde Beshiktosh UEFA Yevropa ligasida 23 Eylül 2011 tarihinde Beshiktosh profili Transfermarkt.com.tr saytida 30 Mart 2014 tarihinde

Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:1903-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari