(Abu Yaʼqub) Yusuf ibn Tohir ibn Yusuf ibn al-Hasan al-Xuvayyu (hijriy 549-yil (milodiy 1154-yil)da yoki undan ilgariroq vafot etgan) — adib, fozil, fasohatli faqih, xushsiyrat, noziktaʼb, hassos, nazmga usta, sheʼrlari yoqimli, Xuvayyu ahlidan bo‘lgan. Tus qasabalaridan bo‘lgan Navqonda yashagan va u yerda qoziga noiblik qilgan.

Asarlari „Faroidu-l-xaroid fi-l-amsol val-hikam“ („Maqollar va hikmatlar qaʼridagi pinhona durlar“, muallif mazkur asarni 532-hijriy yilda yozib tugatgan; „Sharhu saqti-zzand li-l-Maʼarriy“ ("Maʼarriyning „Saqti-z-zand“ — „Olovuchquni“ asariga sharh"); „Risolatu tanzihi-l-Qurʼoni-sh-sharif an vasmati-l-lahn va-t-tahrif“ („Qurʼoni sharifni xato qiroat qilishva buzib talaffuz etish oqibatida yuzaga keladigan dog‘lardan poklash haqida risola“).

Manbalar