Zulaym ibn Hatit al-Jahzamiy Ad-Dabusiy (Abulg‘ushaym) (252-hijriy yil (milodiy 866-yil)da vafot etgan) — Dabusa ahlidan, Sunnadagi lozim amallarning ado etilishini doimo nazorat etuvchi arablardan bo‘lgan. Ahli sunnadan obro‘-eʼtiborli, ishonchli, saxovatpesha, fozil odam bo‘lgan. Ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Iroqqa borgan va ko‘p hadislar yozgan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar.

Manbalar