Qora bo'yinli oqqush () - o‘rdaksimonlar (Anatidae) turkumi oqqushlar (Cygnus) oilasiga mansub qush.

Tashqi ko'rinish left|thumb|290x290px Qora bo'yinli oqqushning uzunligi 110-140 sm, vazni 3,5 dan 6,5 kg gacha yetadi. Erkaklari urg‘ochilarga qaraganda sezilarli darajada kattaroq. Turning o'ziga xos xususiyati - bo'yin va boshning qora rangga bo'yalgani. Ko'z ingichka gorizontal oq chiziq bilan o'ralgan. Toji kulrang rangda, katta qizil o'simtasi bo'lib, pastga egilib turadi. Oyoqlari pushti.

Tarqalish Qora bo'yinli oqqushlar Janubiy Amerikaning janubida markaziy Chili va Patagoniyadan Tierra del Fuego va Folklend orollarigacha boplgan hududda ko'payadi. Qishda qushlar shimolga Paragvay va janubi-sharqiy Braziliyaga uchib ketishadi.

Hayot tarzi Qora bo'yinli oqqushlar asosan sayoz ko'llar, chuchuk suv botqoqlari, lagunalar va yopiq dengiz qo'ltiqlari yaqinida yashaydi. Qora bo'yinli oqqushlar ratsionining asosiy qismini suv o'tlari va boshqa suv o'simliklari tashkil etadi.

Ko'payish Juftlanish janubiy yarimsharda qish bo'lgan iyul oyida boshlanadi va noyabrgacha davom etadi. Uyalarini qirg'oq yaqinidagi qamishlarda yoki kichik orollarda quradilar. Urg‘ochi qush uchtadan sakkiztagacha tuxum qo'yadi va ularni besh hafta davomida bosib yotadi, erkak esa tuxumlarni ehtiyotkorlik bilan himoya qiladi. Kulrang jo'jalarni ko'pincha ota-onalari orqa tarafdagi patlari orasida olib yurishadi. Uch oydan keyin jo'jalar uchishni o'rganadilar.

Galereya

Manbalar

Turkum:Oqqushlar