Malak – somiy tillarda elchi maʼnosini anglatadi. Tarjima qilinganda farishta maʼnosida qoʻllanadi. Koʻpligi: maloika; farishta – nurdan yaratilgan mavjudot. Islom aqidasiga muvofiq, farishtalar muayyan vazifalar yuklatilgan Xudoning maxluqotlari. Jumladan: Jabroil (Jibriil, Ruhu-l-quds) – bosh farishta, u Parvardigor amrini, samoviy buyruqlarni Rasulga yetkazib turgan. Mikoil – koinotni boshqaruvchi, janglarda qoʻmondonlik qiladi. Azroil – jon olish faoliyati bilan shugʻullanadi. Isrofil – qiyomat kunidan ogoh qiladi, darak beruvchi surnayni chaladi, ruhlarni tarbiya qilish ham uning vazifasidir. Bundan tashqari, yana maxsus vazifalarni bajarib turuvchi koʻplab farishtalar mavjud. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Shaxsiyatlar