Avatara - hinduiylik tushunchasida tangrining inson qiyofasida yerga tushishi hodisasi. Masalan, Hinduiylikda Vishnuning vaqti-vaqti bilan qutqaruvchi tangri sifatida dunyoga tushishi va sharoitga qarab turli shakllarda, yaʼni avatarlarda oʻzini koʻrsatishiga ishoniladi. Vishnuning oʻziga yarasha xilma-xil avataralari mavjud. Ulardan eng mashhurlari “Ramayana” dostoni qahramoni Rama va “Maxabxarata” dostonida vasf etilgan Krishnalardir.

Manbalar

Adabiyotlar