Shlimbetov Jenisbay Kurbanbaevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili, huquqshunos va tarixchi.

Jenisbay Shlimbetov 1979-yil 7-may sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Nukus davlat pedagogika institutini, 2009-yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — tarixchi va huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2006-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik hamda moliyaviy taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimida jamoatchilik xodimi sifatida boshlagan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida turli lavozimlarda ishlagan. 2021-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2022-yildan buyon Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili lavozimini egallab kelmoqda.

Jenisbay Kurbanbaevich Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil 1-2-iyul kunlari yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi boʻlgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Manbalar https://ombudsman.uz/uz/news/view/2832 Turkum:Qoraqalpogʻistonlik erkak huquqshunoslar Turkum:Qoraqalpogʻistonlik huquqshunoslar Turkum:Tarixchilar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:7-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Huquqshunoslar Turkum:Alifbo boʻyicha huquqshunoslar Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar