Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy ( — Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.

„Al-Amiyn“ nomi bilan tanilgan alloma Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan peshqadam faqihlaridan bo‘lgan. Olim hanafiy mazhabida faoliyat olib borgan.

Hadislari Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy Abu-l-Muvajjah Muhammad ibn Amr, Sahl ibn Shozavayh, Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazaralarning suhbatidan bahramand bo‘lib, ulardan hadis eshitgan. Bag‘dodga borib, u yerda hadis aytgan, shahar ahllari undan hadis rivoyat qilganlar. Olimdan shuningdek, Abu Umar ibn Hayyuvayh, Abdulloh ibn Usmon ad-Daqqoqlar rivoyat qilganlar. Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy 950-yil (hijriy 337-yil)da haj safariga chiqqan. Yo‘lda turli yerlarda hadis rivoyat qilib borgan.

Iqtibos Al-Hofiz Muhammad ibn Abdulloh an-­Naysoburiy aytadi: .

Adabiyotlar

Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: „Maktaba Mir Muhammad“. I, 45; Az-Zahabiy. Siyar. 1985. XV, 517; Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 136.

Manbalar