Abu Muhammad Ali ibn Ahmad (;) (877/78) (vafoti 908-yil 13-avgust) mashhur nomi al-Muktafī bi-lloh (), 902-yildan 908-yilgacha Abbosiylar xalifaligining xalifasi boʻlgan. Militarist otasi al-Mu’tadiddan koʻra koʻproq liberal va oʻtroq. Hukumatda amalga oshirilgan ishlarning aksariyati vazirlari va amaldorlari ixtiyorida boʻlsa-da, al-Muktafiy oʻz siyosatini mohiyatan davom ettira oldi. Hukmronligi davrida Suriya choʻlidagi qarmatiyaliklarning magʻlub etildi, Misr va Suriyaning Tuluniylar sulolasi boshqaradigan qismlarini qayta egallandi. Vizantiya imperiyasi bilan urushda 904-yilda arablar Salonika qamalida katta gʻalabaga erishgan boʻlsa-da, qisman muvaffaqiyat bilan davom etdi. 908-yilda vafoti saroy byurokratiyasi uchun zaif hukmdor al-Muqtadirning hokimiyatga olib kelinishiga yoʻl ochdi va Abbosiylar xalifaligining yakuniy tanazzulini boshlab berdi.
Yoshlik davri Ali ibn Ahmad 877/78-yilda tugʻilgan. Boʻlajak xalifa al-Mu'tadid Ahmad ibn Talhaning (892-902) Chicek („gul“, arabcha Jījak) ismli turk choʻrisidan tugʻilgan oʻgʻli. U xalifa Ali nomi berilgan birinchi xalifa edi.
U tugʻilgan paytda Abbosiylar xalifaligi xalifa al-Mutavakkilni (hukmronligi 847-861-yillar) norozi askarlar oʻldirishi bilan boshlangan „Samarradagi anarxiya“ deb nomlanuvchi oʻn yil davom etgan fuqarolar urushini boshdan kechirayotgan edi. Fuqarolar urushi al-Mu’tamidning (870-892) taxtga kelishi bilan yakunlangan. Biroq, hokimiyat amalda al-Mu’tamidning ukasi, Alining ota tomondan bobosi al-Muvaffaqqa tegishli edi. Harbiylar al-Muvaffaqqa sodiq qolishdi. 877-yilga kelib amalda davlat hukmdori boʻldi. Viloyatlardagi xalifa hokimiyati „Samarradagi anarxiya“ davrida zaiflashdi. Natijada 870-yillarga kelib markaziy hukumat Iroqning metropolitan hududidan tashqaridagi xalifalikning koʻp qismi ustidan nazorat qobiliyatini yoʻqotdi. Gʻarbda Misr ustidan nazorat Suriyani nazorat qilish masalasida al-Muvaffaq bilan kurashgan Ahmad ibn Tulun hisobigaboy berildi. Xuroson va Islom Sharqining katta qismini Abbosiylarning sodiq mulozimlari boʻlgan Safforiylar va Tohiriylar egallab oldi. Arabiston yarim orolining koʻp qismi mahalliy hukmdorlar nazoratiga oʻtgan boʻlsa, Tabaristonda radikal Zaydiy shia sulolasi hokimiyatni qoʻlga oldi. Iroqdagi Zanj qullar qoʻzgʻoloni Bagʻdodning oʻziga ham xavf soldi. Ushbu holatlar 893-yilda isyonlar bostirilgunga qadar al-Muvaffaq va al-Muʼtadiddan bir necha yillik mashaqqatli yurishlarni talab qildi.
Taxtga chiqqanidan keyin al-Mu’tadid otasining siyosatini davom ettirdi. Jazira, Shimoliy Suriya va Gʻarbiy Eronning baʼzi qismlarida xalifalik hokimiyatini tikladi. Samarali maʼmuriyatni shakllantirdi, ammo tinimsiz yurishlar va askarlarni saqlab turish zarurati xazina uchun juda qimmatga tushdi. Chunki armiyani saqlash uchun zarur boʻlgan mablagʻ bilan taʼminlab turish juda ham zarur edi. Shunga qaramay, al-Mu’tadid oʻn yillik hukmronligi davrida anchagina ortiqcha mablagʻ toʻplashga muvaffaq boʻldi. Shu bilan birga, byurokratiya kuchayib bordi. Hokimiyatda fraksiyachilik ham rivojlanib, ikki raqib „klan“ — Banu’l-Furot va Banu’l-Jarrah paydo boʻldi. Bu ikki guruh mansab va hokimiyat uchun kurashda asosan turli fraksiyalarni qoʻllagan, biroq „mafkuraviy“ tafovutlari ham bor edi. Banu’l-Jarrah aʼzolarining ko‘pchiligi nestoriy dinini qabul qilgan oilalardan chiqqan va byurokratiyada nasroniylarni qoʻllagan. Banu’l-Furot qoʻshinlar ustidan qatʼiy fuqarolik nazoratini oʻrnatishga harakat qilgan va ochiqcha boʻlmasa-da, shialikni qoʻllagan.
Al-Mu’tadid toʻngʻich oʻgʻli va merosxoʻri Alini viloyat hokimi etib tayinlash orqali vorislikka tayyorlashga harakat qildi. Birinchi navbatda Ray, Qazvin, Qum va Hamadonda ishladi. Mazkur viloyatlardagi yarim avtonom hokimiyat Dulafiylar sulolasi 894/95 va 899-yilda Al Jazira va chegara hududlaridagi Al Mu’tadid tayinlagan soʻnggi mahalliy hukmdor Muhammad ibn Ahmad ash-Shayboniyni taxtdan agʻdargach bekor qilingan edi. Boʻlajak al-Muktafiy Raqqada istiqomat qildi. Al-Mu’tadidning ishonchiga kirgan din olimi Ibn Abu al-Dunyo Alining tarbiyachisi etib tayinlandi.
Xalifalik 902-yil 5-aprelda al-Mu’tadid vafot etgach, al-Muktafiy hech qanday qarshiliksiz uning oʻrniga xalifa boʻldi. Otasining vaziri al-Qosim ibn Ubaydulloh yangi xalifaga bay’at qilishni buyurdi va al-Muktafiy Raqqadan Bag‘dodga yetib kelguniga qadar (20-aprel) barcha Abbosiy shahzodalarini qamab qo‘yish chorasini ko‘rdi.
Xarakter va hukumat alt=Sepia-toned black-and-white photograph of a much-weathered minaret|right|thumb|Al-Muktafiy saroy masjidining minorasi; Minora 11-asrda rekonstruksiya qilinib, masjidning qolgan qismi 1258-yilda Moʻgʻullar tomonidan Bagʻdodni talon- toroj qilish paytida vayron qilingan. Yangi xalifa 25 yoshda edi. Uning hukmronlik davrida yashagan tarixchi at-Tabariy xalifani „oʻrta boʻyli, kelishgan, nozik rangdagi, chiroyli sochli va hashamatli soqolli“ deb taʼriflagan.
Al-Muktafiy otasidan binolarga mehrni meros qilib oldi. Bagʻdodda al-Mu’tadidning uchinchi saroy loyihasi - Toj saroyi qurilishini tugatdi. Qurilish uchun Ktesifondagi Sosoniy hukmdorlari saroyi gʻishtlarini ishlatdi. Koʻp sonli binolari orasida „Eshak kubogi“ () deb nomlanuvchi yarim doira shaklidagi minora bor edi. Xalifa eshakka minib minora choʻqqisiga chiqishi va u yerdan atrofdagi qishloqlarga qarashi mumkin edi. Otasining saroy qamoqxonalari oʻrnida saroy uchun juma masjidini qurdi. Ushbu masjid hozirda nomi bilan mashhur („Saroy masjidi“). Shuningdek, ochkoʻzlik va qarama-qarshilikda otasiga taqlid qildi. Bu esa deyarli uzluksiz urushlar bilan oʻtgan qisqa hukmronlik davrida yashashga imkon berdi 903-yil may oyida al-Muktafiy Bagʻdodni tark etib, eski poytaxti Samarraga poytaxtni koʻchirish maqsadida yoʻl oldi. Yangi poytaxt qurilish narxi qimmatligi tufayli qarorni bekor qilishga majbur boʻldi. Al Muktafiyning sodda tabiati oʻta qattiqqoʻl, shafqatsiz jazolari bilan mashhur boʻlgan otasiga qarama-qarshi edi. Al Muktafiy lavozimini egallaganidan keyin koʻp oʻtmay mashhur boʻldi. Otasining yer osti qamoqxonalarini vayron qilib, yerni xalqqa berdi, asirlarni ozod qildi va hukumat musodara qilgan yerlarni qaytarib berdi. U majlislarida shaxsan ishtirok etishi, oddiy xalqning shikoyat va arizalarini eshitishi bilan ham ajralib turardi.
Vazir al-Qosimning roli Al-Muktafiy otasi kabi qatʼiyatli emas edi va amaldorlar uni osonlikcha boshqara olishardi. Xalifaligining dastlabki davrida vazir al-Qosim ibn Ubaydulloh hukmronlik qilgan. Ushbu vazir juda qobiliyatli va shuhratparast edi. Vazir oʻlimidan biroz oldin al-Mu’tadidga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan edi. Yangi xalifaga taʼsir oʻtkazish uchun barcha raqiblarni shafqatsizlarcha yoʻq qildi.
Shu tariqa al-Muktafiy Bag‘dodga kelganidan so‘ng darhol vazirdan hol-ahvol so‘rab, unga yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlayotganini bildirdi. Al Qosim qamoqqa olingan Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysni qatl qilishni buyurdi. Oradan ko‘p o‘tmay vazir al-Mu’tadidning sodiq bosh qo‘mondoni Badr al-Mu’tadidiyni obro‘sizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Badr Bag‘doddan qochishga majbur bo‘ldi. Vazir malaylari orqali avf etishni vaʼda qilganch, taslim bo‘ldi. Qoʻmondon 14-avgustda qatl etildi. Bir necha kundan soʻng al-Qosim xalifaning amakisi, al-Muvaffaqning oʻgʻli Abd al-Vohidni hibsga olishni buyurdi. Hibsga olishdan soʻng u haqida boshqa xabar yoʻq. 903-yil sentyabrda al-Muktafiy dastlab yoqlagan va al-Qosimga qarshi chiqqan nasroniy kotibi al-Husayn ibn Amr an-Nasroniy qoralangan va surgun qilingan. Kotibning idoralari al-Qosimning oʻgʻillari Husayn va Muhammadga berilgan. Al-Qosim 904-yilning mart oyida kichik qizini al-Muktafiyning goʻdak oʻgʻli Abu Ahmad Muhammadga unashtirishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng Al Qosimga davlatdagi yuksak mavqei Islomda birinchi marta maxsus faxriy unvon Vali al-Davla mukofoti berildi.
O‘sha davrdagi byurokratik kurashlarda al-Qosim ibn Ubaydulloh Banu’l-jarroh klanini maʼqul ko‘rib, Banu’l-Furotning shia guruhiga qarshi turdi. Banu’l-Furotning yetakchi vakili Abul-Hasan Ali ibn al-Furot 904-yilda vazirning oʻlimi tufayli omon qoldi. Al-Qosim oʻlimidan oldin oʻrniga Abbos ibn al-Hasan al-Jarjaroiy yoki Ali ibn Iso al-Jarrohni nomzod qilib koʻrsatgan edi. Al Jarrohiy lavozimdan bosh tortdi. Ali ibn al-Furot tezda al Abbos al-Jarjaroiy va xalifa iltifotiga sazovor boʻldi.
Harbiy harakatlar Al-Muktafiyning qisqa hukmronligi urushlar bilan oʻtdi. U otasi, eng zoʻr „ xalifaga“ oʻxshamas edi. Al-Mu’tadid yurishlarda faol qatnashib, shaxsiy namuna koʻrsatgan. Hukmdor va askarlar oʻrtasida homiylik bilan mustahkamlangan sadoqat rishtalarini shakllantirishga muvaffaq boʻlgan. Al-Muktafiy esa tarixchi Maykl Bonnerning soʻzlariga koʻra, „oʻz feʼl-atvori va muloyimligi bilan […] oʻtroq odam boʻlib, askarlar u yoqda tursin, aholida ham sadoqat uygʻotmagan“.
Sharqdagi sarkardalar bilan munosabatlar Al-Mu’tadid Forsning katta qismini boshqargan Safforiylar bilan yaxshi munosabatlarda emas edi. Safforiylarning islom dunyosi sharqiy qismlari ustidan hukmronligi Bagʻdod tomonidan tan olingan edi. Xalifa va Safforiylar Gʻarbiy Fors, xususan, Fors va Kermon viloyatlarini nazorat qilish uchun kurash olib bordilar. 901-yilda Safforiylar Forsni egallab olishdi. Badr al-Mu’tadidiyning hududni qaytarib olishga urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlandi.. Al-Muktafiy taxtga oʻtirgan vaqtda Safforiylar Rayni qoʻlga kiritdilar. Harbiy javob Badr al-Mu’tadidiy atrofidagi ish tufayli kechiktirilib, faqat 5-noyabrgacha qoʻshinlar mintaqaga yuborildi. Harbiy yurish natijasi nomaʼlum, ammo, somoniylar oʻsha yili Rayni qoʻlga kiritgani maʼlum. Otasi kabi al-Muktafiy ham Safforiylar bilan modus vivendiga erishishni maʼqul koʻrib, 902-yilda Safforiylarning Fors ustidan nazoratini tasdiqladi.
Bagʻdodning Ozarbayjon hukmdori Yusuf ibn Abil-Saj bilan munosabatlari hech qachon barqaror boʻlmagan. Munosabatlar al-Muktafiy davrida tobora keskinlashib bordi. 908-yilda Hakam al-Muflihiy boshchiligidagi qoʻshin Ibn Abil-Sajga qarshi yuborildi. Al Muktafiy vafotidan koʻp oʻtmay kelishuvga erishildi. Kelishuvga koʻra, Ibn Abil-Saj xalifa hukmronligini tan oldi. Evaziga Ozarbayjon va Armaniston gubernatori etib tayinlandi.
Qarmatiylar qoʻzgʻolonlari