Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2020-yildan Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisiBahrom Ashrafxonov yangi vazifaga tayinlandi. 2016-2018-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi Maʼlumoti Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, bir yildan so‘ng Kentukki universiteti (AQSh)ni tamomlagan.

Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati 1994—2000-yillarda AIG Trading Group (AQSh) vakolatxonasi rahbari va UZ AIG Insurance sugʻurta kompaniyasining bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

2000—2016-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi boʻlgan.

2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi va Belarusdagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

2018-yil sentyabridan „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi.

2019-yil fevral-sentyabr oylarida Moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ngra 2020-yil apreliga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

2020—yil aprel oyidan O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gurjiston davlatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Gurjistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonning Belarusdagi elchilari