Asadulla Xoʻjayev koʻchasi — Shayxontohur tumanidagi markaziy koʻchasidan biri. Bunyodkor shoxkoʻchasi bilan Islom Karimov koʻchasi kesishmasi va Mannon Uygʻur koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,5 kilometrga yaqin.

Oʻz davrida Toshkent shahar xoʻjaligiga katta hissa qoʻshgan Asadilla Xoʻjayev (1920-1983) nomi bilan yuritiladi. 1983-yil 3-noyabrda qoʻyilgan. Koʻcha yoʻnalishida maʼmuriy va koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, „Qoratosh“ mavzesi, 2 ta avtoyonilgʻi quyish shoxobchasi, „Jar“ sport majmuasi mavjud.

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari