Abdurrahmon ibn Hujayra ( – Abu Abdulloh Abdurrahmon ibn Hujayra al-Xavloniy al-Misriy) – tobeʼin davri olimlaridan, Misr qozisi.
Hayoti va faoliyati Hayoti haqida maʼlumotlar koʻp emas. An-Nasoiy, ad-Doraqutniy va Ibn Hibbon kabi munaqqidlar tomonidan siqa deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Hujayra fiqh ilmini ham chuqur bilgan. Bunga dalil sifatida Ibn Abbos oʻzidan fatvo soʻragan bir kishiga, „Orangizda Ibn Hujayra bor boʻla turib mendan soʻraysanmi?“ – deb javob qilgani naql qilinadi. Abdurrahmon ibn Hujayra sahobalardan Abu Zarr, Ibn Mas’ud, Abu Hurayra, Uqba ibn Amr va Abdulloh ibn Amr ibn Oslardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa oʻgʻli Abdulloh, Horis ibn Yazid al-Hazramiy, Abdulloh ibn Saʼlaba al-Hazramiy va boshqalar rivoyat qilganlar. Umaviylar davrida Misr voliysi Abdulaziz ibn Marvon tomonidan qozi etib tayinlangan. Xazina ishlarini boshqargan, shuningdek, vaʼz va irshod ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan Abdurrahmon ibn Hujayraning yiliga 1000 dinor maosh olganligi haqida maʼlumotlar bor.
Vafoti Hijriy 80 yoki 83-yillarda vafot etgani haqida ikkita rivoyat mavjud.
Adabiyotlar
Abu Umar al-Kindiy. Kitāb al-vulāt va kitāb al-quzāt. – Leiden: 1912. 314-320; Ibn Kasir. Al-Bidāya. – Qohira: 1351-58/1932-39. IX, 51; Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 160; As-Suyutiy. Husn al-muhāzara. – Qohira: 1387/1967. I, 295; II, 137; Fahreddin Atar. İslâm Adliye Teşkilatı. – Anqara: 1979. 107, 115, 126, 224.
Manbalar