AQShda tugʻilishni nazorat qilish harakati — 1914-yilda boshlangan ijtimoiy islohot kampaniyasi boʻlib, u AQShda taʼlim va qonuniy asoslar orqali ommani homiladorlikdan saqlanishga chaqiruvchi ommaviy harakat edi. Harakat New York shahrida boshlangan. Emma Goldman, Marry Dennett va Margaret Sanger boshchiligidagi siyosiy radikallar guruhi kam taʼminlangan ayollarning farzand koʻrishi va abortlar ortidan kelib chiqarayotgan salbiy oqibatlardan xavotirga tusha boshlaganlar. Oʻsha paytlarda kontratsepsiyaga nojoʻya harakat sifatida qaralganligi sababli faollar pochta orqali har qanday „odobsiz, behayo va/yoki shafqatsiz“ materiallarni tarqatishni taqiqlovchi Comstock qonunlarini nishonga ola boshlaganlar. Adolatli hukm chiqishiga umid qilgan Sanger kontratsepsiya borasidagi shaxsiy munozaralarini oʻz ichiga olgan The Woman Rebel axborot byulletenini tarqatish orqali bu qonunni ataylab buzgan. 1916-yilda Sanger Qoʻshma Shtatlarda tugʻilishni nazorat qiluvchi birinchi klinikani ochgan. Biroq, klinika tez orada politsiya tomonidan yopib qoʻyilgan. Sanger esa 30 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Harakatning asosiy burilish nuqtasi Birinchi jahon urushi paytida roʻy berdi. Buning asosiy sababi koʻplab amerikalik harbiy xizmatchilarga venerik kasalliklar tashxisi qoʻyilganida edi. Hukumat jinsiy aloqa hamda kontratseptsiyani sogʻliqni saqlash masalasi va ilmiy tadqiqotlarning qonuniy mavzulari sifatida belgilagan venerik kasalliklarga qarshi kampaniyalar boshlab yuborgan. Shu tariqa tarixda birinchi marta AQSh hukumati instituti jinsiy masalalarni doimiy, ommaviy muhokama qilishda ishtirok eta boshlagan; Natijada kontratseptsiya axloqiy muammo sifatida ahamiyatini yoʻqotib, asosan sogʻliqni saqlash masalasiga aylangan.
Jamiyatdagi tugʻilishni nazorat qilishga boʻlgan munosabatning oʻzgarganidan ruhlangan Sanger 1923-yilda ikkinchi bor tugʻilishni nazorat qilish klinikasini ochadi. Bu safar hech qanday hibsga olish yoki bahslar kelib chiqmaydi. XX asrning 20-yillarida kontratsepsiyani ommaviy muhokama qilish odatiy holga aylangan va „tugʻilishni nazorat qilish“ atamasi xalq tilidan mustahkam oʻrin egallagan. Kontratsepsiya vositalarining keng tarqalishi Viktoriya erasida qolgan mustahkam jinsiy anʼanalarni endi tartibga solingan jinsiy aloqaga aylantiruvchi jamiyatga oʻtish boshlanganidan darak beradi.
1930-yillardagi huquqiy gʻalabalar kontratsepsiyaga qarshi qonunlarni zaiflashtirishda davom etdi. Sudning gʻalabalari 1937-yilda Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasini kontratsepsiyani tibbiyot maktablari oʻquv dasturining asosiy komponenti sifatida qabul qilishga undadi, ammo tibbiyot hamjamiyat bu yangi mas’uliyatni sekinlik bilan qabul qildi. Ayollar notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan manbalarning xavfli va samarasiz kontratseptiv maslahatlariga tayanishda davom etdilar.
1942-yilda Amerika rejalashtirilgan ota-onalik Federatsiyasi tuzilib, tugʻilishni nazorat qilish klinikalarining umummilliy tarmogʻi yaratildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng tugʻilishni nazorat qilishni qonuniylashtirish harakati bosqichma-bosqich yakunlandi, chunki endi mazkur amaliyot tibbiyotda kasb nuqtai nazaridan toʻliq qabul qilindi va qolgan kontratsepsiyaga qarshi qonunlar endi oʻz kuchini yoʻqotdi.
XIX asrda kontratsepsiya
Tugʻilishni nazorat qilish usullari Kontratsepsiyani qonuniylashtirish harakati boshlangan 1914-yilgacha tugʻilishni nazorat qilish amaliyoti AQShda keng tarqalgan edi. Uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlgan usullar orasida ritm usuli, coitus interruptus, diafragmalar, kontratseptiv gubkalar, prezervativlar, uzoq muddat emizish va spermitsidlardan foydalanish kabilar mavjudEngelman, pp. 3—4.. XIX asr davomida kontratseptiv vositalardan foydalanish koʻrsatkichlari oʻsib bordi, bu Qoʻshma Shtatlarda 1800 va 1900-yillar oraligʻida tugʻilish darajasining 50 foizga pasayishiga yordam berdi, bu tafsilotlar ayniqsa shaharlarda oʻz aksini topdiEngelman, p. 5. Fertility rate dropped from 7 to 3 children per couple.. XIX asrda amerikalik ayollarning kontratsepsiya odatlari boʻyicha oʻtkazilgan yagona maʼlum soʻrov Clelia Duel Mosher tomonidan 1892—1912-yillar oraligʻida oʻtkazilganEngelman, p. 11.. Soʻrov yuqori tabaqali ayollarning kichik namunasiga asoslangan boʻlib, koʻpchilik ayollar kontratsepsiya vositalaridan (birinchi navbatda, yuvinish (douching), shuningdek, coitus interruptus, ritm, prezervativ va pesar) foydalanganliklarini koʻrsatadi. Shuningdek, ular jinsiy aloqani nasl qoldirish maqsadisiz ham amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoqimli harakat deb hisoblashlarini taʼkidlaganlarTone, pp. 73-75.Engelman, pp. 11-12.. alt=A portrait of a well dressed man, around 50 years old, circa 1850.|left|thumb| Robert Dale Owen AQShda tugʻilishni nazorat qilish boʻyicha birinchi kitobga mualliflik qildi. Oʻrta va yuqori sinf jamiyatida kontratseptiv vositalar nisbatan keng tarqalgan boʻlsa-da, bu mavzu kamdan-kam hollarda jamoatchilik orasida muhokama qilinardiEngelman, pp. 5—6. Rarely in public: Engelman cites Brodie, Janet, Contraception and Abortion in 19th Century America, Cornell University Press, 1987.. Qoʻshma Shtatlarda kontratsepsiyani muhokama qilishga jur’at etilgan birinchi kitob 1831-yilda Robert Dale Owen tomonidan taqdim etilgan „Moral Physiology; or, A Brief and Plain Treatise on the Population Question“ ediEngelman, p. 6.Cullen DuPont, Kathryn (2000), „Contraception“ in Encyclopedia of Womenʼs History in America, Infobase Publishing, p. 53 (first book in America).Year of publication is variously stated as 1830 or 1831.. Kitobda oilani rejalashtirish maqtovga sazovor harakat ekanligi eʼtirof etilgan. Shuningdek, jinsiy aloqada koʻpayish maqsadisiz ham qoniqish borligi va bu axloqsiz harakat emasligi aytilganEngelman, p. 6.. Owen coitus interruptus usulini tavsiya qiladi, shuningdek, uning muhokamalaridan maxsus gubkalar va prezervativlar ham oʻrin olganEngelman, pp. 6—7.. Shundan soʻng 1832-yilda Charles Knowlton „Fruits of Philosophy: The Private Companion of Young Married People“ kitobini oʻquvchilarga havola qildi. Muallif homiladorlikdan saqlanishning samarali usuli sifatida yuvinishni (douching) tavsiya qilganRiddle, John M. (1999), Eveʼs Herbs: A History of Contraception and Abortion in the West, Harvard University Press, pp. 226-7.. Shundan soʻng Knowlton Massachusets shtati qonunlariga koʻra jamoat qoidalarini buzishda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan va uch oylik qamoq jazosini oʻtaganEngelman, p. 7.. Homiladorlik va abortning oldini olish boʻyicha uchinchi ilk Amerika asari „The married womanʼs private medical companion: embracing the treatment of menstruation, or monthly turns, during their stoppage, irregularity, or entire suppression: pregnancy, and how it may be determined, with the treatment of its various diseases: discovery to prevent pregnancy, its great and important necessity where malformation or inability exists to give birth: to prevent miscarriage or abortion when proper and necessary, to effect miscarriage when attended with entire safety: causes and mode of cure of barrenness or sterility“ edi. U 1847-yilda A. M Mauriceau tomonidan yozilgan. Mauriceau shifokor boʻlgan va uning ishlari tugʻilishni nazorat qilish boʻyicha sharhning dastlabki jildida koʻp marotaba tilga olingan.
Tugʻilishni nazorat qilish amaliyoti odatda Qoʻshma Shtatlarga qaraganda Yevropada ilgariroq qabul qilingan. Knowltonning kitobi 1877-yilda Angliyada Charles Bradlaugh va Annie Besantlar tomonidan Britaniyaning odobsizlik toʻgʻrisidagi qonunlariga qarshi chiqish maqsadida qayta nashr etilganEngelman, pp. 7—8.. Ular hibsga olindi (keyinchalik oqlandi), lekin bu jarayon bekor ketmadi. Sud jarayonining oshkoraligi 1877-yilda dunyodagi birinchi tugʻilishni nazorat qilish boʻyicha himoya guruhi boʻlgan Malthus Ligasining shakllanishiga yordam berdi. Tuzilma Thomas Robert Malthusning dunyo boʻylab qashshoqlik va ocharchilikka olib keladigan eksponensial aholi oʻsishi haqidagi dahshatli bashoratlaridan qochish uchun aholi sonining oʻsishini cheklashga intildiEngelman, pp. 8—9.. 1930-yilga kelib deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida shunga oʻxshash jamiyatlar tashkil etilgan va katolik Irlandiya, Ispaniya va Fransiyadan tashqari Gʻarbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida tugʻilishni nazorat qilish amaliyoti qabul qilina boshlangan"Contraception", in Womenʼs Studies Encyclopedia, Volume 1, Helen Tierney (Ed.), Greenwood Publishing Group, 1999, p. 301.. Tugʻilishni nazorat qilish jamiyatlari bilan bir qatorda Yevropa boʻylab tugʻilishni nazorat qilish klinikalari ham tarqaldi. Dunyodagi birinchi tugʻilishni nazorat qilish klinikasi 1882-yilda Niderlandiyada tashkil etilgan boʻlib, uni Niderlandiyaning birinchi ayol shifokori Aletta Jacobs boshqardiEngelman, pp. 9, 47.. Angliyadagi birinchi tugʻilishni nazorat qilish klinikasi 1921-yilda Londonda Marie Stopes tomonidan tashkil etilganAhluwalia, Sanjam (2008), Reproductive Restraints: Birth Control in India, 1877-1947, University of Illinois Press, p. 54.. Kontratsepsiyaga qarshi qonunlar qabul qilindi alt=A portrait of a man, about 60 years old, with bushy sideburns.|thumb| Anthony Comstock AQShda kontratsepsiyaga qarshi koʻplab qonunlarga mualliflik qildi. Qoʻshma Shtatlarda XIX asrning aksari yillarida kontratsepsiya qonuniy edi. Ammo 1870-yillarga kelib ijtimoiy poklik harakati kuchayib, u umumiy illatlar, xususan, fohishalik va odobsizlikni taqiqlashga qaratilganTone, p. 17.Engelman, pp. 13—14.. Asosan protestant axloqiy islohotchilari va oʻrta sinf ayollaridan iborat boʻlgan Victoria davridagi kampaniya fohishalik va tanosil kasalliklarini qoʻllab-quvvatlovchi axloqsiz amaliyot sifatida qaraladigan kontratsepsiyaga ham qarshi chiqishdiEngelman, pp. 13—14.. Pochta inspektori va poklik harakati yetakchisi Anthony Comstock 1873-yildagi Comstock qonuni, shuningdek, „homiladorlikning oldini olish yoki abort qilish uchun mo‘ljallangan har qanday maqola yoki narsalarni“ pochta orqali jo‘natishni taqiqlovchi federal qonunning qabul qilinishini muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatladiEngelman, p. 15.. Koʻpgina shtatlar shunga oʻxshash shtat qonunlarini (ular birgalikda Comstock qonunlari deb ataladi) qabul qildilar, baʼzilari kontratseptiv vositalardan foydalanish, shuningdek ularni tarqatishni taqiqlash orqali federal qonunni kengaytirdilar. Comstock minglab hibsga olishlar va yuzlab tonna kitob va risolalarning yoʻq qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanligidan faxrlanardiEngelman, pp. 15—16..
Comstock va uning ittifoqchilari, shuningdek, erkin sevgi harakati — jinsiy erkinlik, ayollar uchun tenglik va nikohni bekor qilish tashabbuslarini oʻz ichiga olgan libertarianlar va utopianlarni nishonga olishdiBeisel, Nicola Kay (1998), Imperiled Innocents: Anthony Comstock and Family Reproduction in Victorian America, Princeton University Press, pp. 76—78.. Erkin sevgi tarafdorlari XIX asrda Comstock qonunlariga faol qarshilik koʻrsatgan yagona guruh boʻlib, ular tugʻilishni nazorat qilish harakati uchun zamin yaratdilarEngelman, p. 20..
Erkin sevgi harakatining saʼy-harakatlari muvaffaqiyatli boʻlmadi va XX asrning boshlarida federal va shtat hukumatlari Comstock qonunlarini yanada qattiqroq qoʻllashni boshladilarEngelman, p. 20.. Bunga javoban kontratsepsiya toʻlqini ancha pastladi, ammo butunlay yoʻq boʻlib ketmadi. Mavzuga oid nashrlar soni sezilarli darajada kamaydi. Oz sonli uchraydigan reklamalarda „nikoh yordami“ yoki „gigiyenik vositalar“ kabi evfemizmlardan foydalaniladigan boʻldi. Dorixonalarda prezervativlarni „rezina buyumlar“, bachadon boʻyni qalpoqlarini „bachadon qoʻllab-quvvatlovchilari“ sifatida sotish davom etdiEngelman, pp. 18—19..
Boshlanishi (1914—1916)
Erkin nutq harakati alt=A head/shoulder portrait of an attractive woman, dressed in fashions from around 1920.|thumb| Margaret Sanger tugʻilishni nazorat qilish harakatining yetakchilaridan biri edi.