Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.
Hayoti Maʼlumoti 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim-agronom, iqtisodchi.
Mehnat faoliyati 1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.
1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).
2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.
2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.
2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.
2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.
2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.
2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.
2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimiHayfsan bilan viloyatni rivojlantirib boʻladimi? Xorazm hokimi 13 nafar hokimga hayfsan va jarima qoʻlladi.
2022—2023 — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchiXorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandiJo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2023-yildan — Xorazm viloyati hokimiJoʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Mukofotlari 2017-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari