Najd sultonligi — Arabiston yarim orolida 1920-yillarda mavjud boʻlgan davlat.

1921-yilda Najd va Xosa amirligi hukmdori Abdul aziz ibn Saud Jabal Shammarni bosib olib, oʻzini sulton deb eʼlon qildi.

1922-yilda yangi davlatning shimoliy-sharqiy chegaralarini belgilovchi Uqayr shartnomasi imzolandi, unga koʻra Saudiya-Iroq neytral zonasi va Saudiya-Quvayt neytral zonasi tashkil etildi.

1924-yil mart oyida Hijoz shohi Husayn ibn Ali al-Hoshimiy oʻzini islom olamining yangi xalifasi deb eʼlon qildi. Buyuk Britaniya Husaynning gegemonlik intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi va 1924—1925-yillardagi urush natijasida Hijoz Najd tomonidan bosib olindi. Abdulaziz ibn Saud Hijoz podshohi (1926-yil) va Najd podshosi (1927-yil) taxtlarini olgach, birlashgan davlat Najd va Hijoz qirolligi nomini oldi.

Manba

«История Востока» в 6 томах. Т. V «Восток в новейшее время (1914—1945 гг.)» — М.: издательская фирма «Восточная литература» РАН, 2006. ISBN 5-02-018102-1

Turkum:Osiyo davlatlari