Faxr al-Islom Abdulhamid ibn Rustam Ali al-Madarshohiy (), – Abdulhamid Madarshohiy () yoki oddiygina Abdulhamid nomi bilan mashhur, Bengal islom olimi, yozuvchi va taʼlimotchi alloma. U Bengaliyada Deobandiy harakatini joriy etishning kashshoflaridan biri boʻlgan va Xathazaridagi Al-Jamiatul Ahliya Dorul Ulum Moinul Islomning asoschilaridan biri sifatida ham eʼtirof etilgan.
Ilk faoliyat davri va taʼlimi Abdulhamid 1869-yilda Bengaliya prezidentligining Chittagong okrugi, Hathazari shahrida joylashgan Shimoliy Madarsha qishlogʻidagi yer egasi boʻlgan bengallik musulmon Munshisning oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Munshi Rustam Ali va Begum Suajan edi. U oʻz nasl-nasabini bir necha asrlar ilgari Chittagong portiga kelgan arab musulmon missioneri Shayx Muhammad Hofiz bilan aloqador ekanligini taʼkidlaydi. Abdulhamid dastlab Sitakundaning Jahonobod mahallasida istiqomat qilgan va u yerda oʻzini mahalliy zamindor (yer egasi) sifatida koʻrsatgan. Mahalliy epidemiya natijasida Hofizning avlodi Shayx Murod Baroauliya qishlogʻiga koʻchib oʻtadi va Murodning avlodi Shayx Shamsher Ali Taluqdor oʻzining Madarshadagi Hathazarida onasi yashagan uyga joylashadi.
Madarshohiyning ilk taʼlimi oʻz uyida, keyinroq mahalliy maktabda boshlangan, u yerda diniy taʼlim olgan va Qurʼon oʻqishni oʻrgangan. Keyinroq u beshinchi sinfgacha mahalliy boshlangʻich maktabda oʻqiydi, soʻngra Chittagong shahridagi Mohsiniya madrasasiga oʻqishga kiradi. Aytishlaricha, u Mohsiniya madrasasida har yili sinf imtihonlarida birinchi oʻrinni egallagan. „Mishkatul masobih“ kabi kitoblarni shu madrasada yozib tugatgan.
Faoliyati left|thumb| Al-Jamiatul Ahlia Darul Ulum Moinul Islam Bangladeshdagi eng katta va eng qadimgi Deobandi seminariyasi va subkontinentning eng yaxshi oʻnta madrasasi qatoriga kiradi Madarshahi Mohsiniya madrasasida yurgan kezlari Abdulvohid Bengaliy bilan yaqindan tanishgan, undan koʻp narsalarni oʻrgangan va oxir-oqibat uning islohotchilik harakatida ishtirok etgan. U turli diniy seminarlar va munozara konferensiyalarida qatnashib, munozarachi sifatida mashhur boʻla boshlagan. Shundan soʻng unga Faxr al- Islom (Islom shon-shuhrati) va Munazoir-e-Islom (Islom bahschisi) unvonlari berilgan. Abdulhamid oʻz faoliyatining ilk yillaridanoq Xondaqiyada kichik maktab tashkil etib, u yerda bolalar va keksalarga diniy taʼlim bergan. Madarshohiy boshqa hududlarda ham maktablarning tashkil etilishida muhim rol oʻynagan.
1896-yilda Abdulhamid mustamlakachi Bengaliyada madrasaga ega boʻlish muhimligini anglab yetgach, Abdulvohid Bengaliy, So‘fiy Azizur Rahmon va Habibulloh Qurayshiy bilan birgalikda „Al-Jamiatul Ahliya Dorul Ulum Moinul Islom“ga asos solgan. Madrasa ham mahalliy aholi koʻmagida barpo etilgan. Madarshohiy, shuningdek, yaqin atrofdagi Fotihpurda al-Jomi’ah al-Hamidiyah Nosir al-Islom nomi bilan tanilgan yana bir katta madrasani ham qurdirgan.
Ishlari Madarshohiy islom diniga oid bir qancha asarlar yozgan. Bunga quyidagilar kiradi:
Tuhfah al-Moʻminin (Moʻminlar uchun sovgʻa) Masoil-i ramazon (Ramazonga oid masalalar) Fadoʻil- i’idgah (Hayitning fazilatlari) Fadoʻil- i’tikof (Eʼtikofning fazilatlari).
Vafoti va merosi Madarshohiy 1920-yil 31-martda vafot etgan. Uning ikki oʻgʻli boʻlib, ular: Alloma Muhammad Ismoil va muftiy Muhammad Yusuf hisoblanadi.
Yana qarang
Mavlono Murod
Manbalar
Turkum:1920-yilda vafot etganlar Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:Bengal musulmon Islom olimlari Turkum:Deobandiylar Turkum:XX asr musulmon ulamolari