Komil Qayumovich Rashidov — oʻzbek diplomati, yuridik fanlar doktori, professor. 2013-2019-yillarda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi. 2012-2013-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.
Biografiya 1964-yil 21-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan.
1986-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, professor.
1986—1991 — Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi.
1991—1994 — Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti.
1994—1995 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi.
1995—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro huquq boshqarmasi boshlig‘i.
1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti.
2000-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi qonunchilik va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi mudiri.
2000—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kotibiyati qo‘mitalar bilan ishlash bo‘limi mudirining o‘rinbosari.
2004—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuridik boshqarmasi boshlig‘i.
2012—2013 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2013—2019 — Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019—2020 — Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi — xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i.
2020-yil 27-avgustdan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Oilasi Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Qizi — Saida Rashidova, bolalar yozuvchisi, tarjimon va bloger. 2025-yil 30-apreldan Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi🇺🇿Rashidova Saida Komilovna.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar