Aleksandr Nikolayevich Averyanov (; 1948-yil 1-oktyabr — 2021-yil 15-iyun) — sovet va rus professional futbolchisi va murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
Klublar Aleksandr Averyanov futbolchi sifatida oʻz faoliyatini 1966-yilda SSSR oliy ligasida „Chernomorets-Odessa“ jamoasi safida boshlagan. 1966—1967-yillarda UEFA yoshlar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi boʻlgan.
„Sudostroitel“ klubi Averyanov „Sudostroitel“ klubi safida 1969—1971, 1973—1974, 1976-yillarda uch marta maydonga tushadi. SSSR chempionatlarida futbolchi 163 ta oʻyin oʻtkazib, jami 23 ta gol urgan. 1969-yilgi SSSR kubogi chorak finalida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Lvovning „Karpati“ jamoasi bilan kechgan yarim final bahslarida uning jamoasi magʻlubiyatga uchraydi. „Sudostroitel“ klubi tarkibida 1974-yilda boʻlib oʻtgan Ukraina SSR chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi, xuddi shu musobaqaning 1971-yilgi bahslarida kumush medalni va 1973-yilgi oʻyinlarida esa bronza medallarini qoʻlga kiritadi. 1974- yilda Averyanov „Ikkinchi liga oʻyinlarining eng yaxshi 22 futbolchisi“ roʻyxatiga „oʻng qanot yarim himoyachisi“ sifatida kiritiladi.
„Lokomotiv“ klubi Aleksandr Averyanov futbolchilik faoliyati davomida, shuningdek, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi tarkibida bir nechta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati Averyanov oʻzining murabbiylik faoliyatini O‘zbekiston SSRda boshlagan va 5 yil davomida Oʻzbekistonning turli klublarida murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatgan.
„Okean“ klubi 1989—1993-yillarda Averyanov „Okean“ klubiga murabbiylik qilgan. Jamoa bilan birgalikda 1989-yilda RSFSR kubogini qoʻlga kiritgan, 1991-yilda esa klubni SSSR chempionatining birinchi ligasiga olib chiqqan. 1992—1993-yillarda klub Rossiya chempionatining oliy liga bahslarida munosib ishtirok etgan.
„Atirau“ Aleksandr Averyanov 2006-yilda (iyul oyiga qadar) Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
„Gazovik“ klubi 2006-yil 27-iyulda Averyanov ''Gazovik" klubiga murabbiylik qilib kelayotgan Boris Sinitsyn oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Uning qoʻl ostida jamoa uch marta (2006, 2007, 2008) Ikkinchi liga (Ural-Volga zonasi) kumush medali sohibiga aylanadi. 2008-yilda Rossiya kubogining 1/16 finaliga chiqishga erishadi, bu esa jamoaning futbol tarixidagi eng katta yutugʻi boʻlgan.
„Andijon“ klubi 2012-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi Andijonning „Andijon“ klubiga murabbiylik qiladi. U, shuningdek, bundan oldin ham ushbu jamoa safida 1984 va 1986—1987-yillarda murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yilning 22-avgust kuni „Sho‘rtan“ klubidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Averyanov jamoani tark etadi, biroq klubning yangi murabbiyi „Andijon“ni oliy liga bahslarida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qola olmaydi.
„Dinamo“ 2009-yil 23-dekabrdan — Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Biroq klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli Averyanov ushbu jamoada uzoq ishlamaydi va 2010-yil 15-aprelida oʻz xohishi bilan klubni tark etadi.
Yutuqlari
SSSR chempionati oliy ligasida 178 ta oʻyinda 25 ta gol muallifi; 1966, 1967-yillarda yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni; 1975-yilgi SSSR kubogi finalchisi.
Oilasi Averyanovning katta oʻgʻli Aleksandr Averyanov ham futbol sohasida faoliyat olib boradi. U, asosan, otasi murabbiylik qiladigan jamoalar tarkibida oʻyinlarda maydonga tushadi. Jumladan, futbolchi:
1986—1987-yillar — „Paxtakor“ (Andijon); 1988-yil iyuligacha — „Metallurg“ (Olmaliq); 1990—1994-yillar — „Okean“ (Naxodka); 1994—1998-yillar — „Krilya Sovetov“ (Samara) klublari safida toʻp surgan.
Kichik oʻgʻli Nikolay ham futbol bilan shugʻullanadi va maydonda yarim himoyachi sifatida oʻyin olib boradi. Futbolchi otasi murabbiylik qiluvchi Orenburgning „Gazovik“, „Dinamo“ Sankt-Peterburgning „Oryol“ va „Znamya Truda“ klublarida faoliyat koʻrsatgan.
Vafoti 2010-yilda Averyanovga jigar kistasi tashxisi qoʻyiladi. 2021-yilning 15-iyun kuni 72 yoshida vafot etadi.
Manbalar
Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Shahrixon klubi bosh murabbiylari