Futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon Chempionati finali – Qatarning Lusayl shahrida 2022-yil 18-dekabr kuni Argentina va Fransiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati final bahsi. Ushbu bahs 18-dekabr Qatarning milliy kunida Lusayl stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda amaldagi jahon chempioni Fransiya va 2014-yilgi Jahon Chempionatining finalchisi Argentina oʻrtasida boʻldi. Final bahsini dunyo boʻylab 1.5 milliarddan ortiq inson tomosha qilgan boʻlib, tarixda televizorda eng koʻp tomosha qilingan sport tadbirlaridan biriga aylandi.
Musobaqada mezbon Qatar hamda FIFAning oltita konfederatsiyalari tomonidan tashkillashtirilgan Jahon Chempionati saralashidan muvafaqqiyatli oʻta olgan 31 ta terma jamoalar qatnashdi. Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etdi, har bir guruhdan 2 ta, jami 16 ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi. Final yoʻlida Argentina C guruhidan oʻrin oldi va guruhni gʻolib sifatida yakunladi. Argentina dastlabki oʻyinda kutilmaganda Saudiya Arabistoniga 1-2 hisobida magʻlub boʻldi. Keyingi ikki oʻyinda Meksika va Polsha jamoalarini 2-0 hisobida magʻlub etdi. Nimchorak finalda Avstraliyani 2-1 hisobida yengdi va chorak finalda Niderlandiya bilan asosiy vaqtda 2-2 hisobida durang oʻynadi. Penaltilar seriyasida Argentina 4-3 hisobida yutuqqa erishdi. Yarim finalda Xorvatiya 3-0 hisobida magʻlubiyatga uchratildi. Fransiya D guruhini ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat (Avstraliya ustidan 4-1, Daniya ustidan 2-1 hisobidagi gʻalaba va Tunis jamoasiga 0-1 hisobidagi magʻlubiyat) bilan birinchi oʻrinda yakunladi. Nimchorak finalda Polsha 3-1, chorak finalda Angliya 2-1 va yarim finalda Marokash jamoasi 2-0 hisobida magʻlubiyatga uchratildi. Final Lusayl stadionidagi 88,966 tomoshabin koʻz oʻngida boʻlib oʻtdi va uni Polshalik hakam Szymon Marciniak boshqardi.
23-daqiqada Lionel Messi penaltini golga aylantirganidan soʻng, oldinga chiqib oldi, 36-daqiqada Argentinaning qarshi hujumidan unumli foydalangan Ángel Di María darvoza burchagiga zarba bilan hisobdagi farqni 2-0 koʻrinishiga olib keldi. 81-daqiqada Kylian Mbappé 97-soniyada dublga erishib, hisobni 2-2 boʻlishini taʼminlaganiga qadar Fransiya oʻyinning katta qismida Argentina darvozasiga yoʻl topa olmadi. Qoʻshimcha boʻlimlarda Messi yana gol urib, Argentinani 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Biroq oxirgi daqiqalarda Kylian Mbappé penaltini aniq amalga oshirdi va Fransiyaning 3 goliga mualliflik qildi hamda hat-trick(bir oʻyinda 3 ta gol urish) amalga oshirdi. Mbappe 1966-yilgi Jahon Chempionati finalida hat-trickka erishga Geoff Hurstdan keyin finalda hat-trick qayd etgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Penaltilar seriyasida Argentina 4-2 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida uchinchi marta Jahon Chempionati gʻolibi boʻldi.
Ushbu bahs futbol ommaviy axborot vositalari va muxlislar tomonidan Jahon Chempionatining eng buyuk finallaridan biri va sport tarixidagi eng buyuk futbol oʻyinlaridan biri sifatida baholandi. Oʻtmish Argentina bungacha ikki marta, 1978 va 1986-yillarda Jahon Chempionligini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari jamoa oʻz tarixida 3 marta: 1930, 1990 va 2014-yillarda finalda magʻlub boʻlgan. Argentina 2014-yilgi Jahon Chempionati finalidagi magʻlubiyatdan soʻng, 2015-yil va 2016-yil Copa Américada finalga qadar yetib bordi va har ikkisida ham Chiliga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. 2018-yilgi Jahon Chempionatining nimchorak finalida Fransiyaga magʻlub boʻldi. 2019-yilgi Copa Americada jamoa uchinchi oʻrin bilan kifoyalandi. Jamoaga yangi tayinlangan murabbiy Lionel Scaloni 2021-yilgi Copa America finalida Braziliyani 1:0 hisobida magʻlub etib, Argentinani 1993-yildan beri erisha olmagan ilk xalqaro chempionlikka va jamoaning sardori Lionel Messining milliy terma jamoadagi ilk xalqaro musobaqa oltin medaliga erishtirdi. Argentina 2022-yilgi Finalissimada 2020-yilgi Yevropa Chempionati chempioni Italiyani 3-0 hisobida magʻlub etganidan soʻng, Qatardagi Jahon Chempionatida gʻalaba qozonishga asosiy favorit sifatida bordi.
2022-yilgi Jahon Chempionatiga Fransiya 2018-yilgi Jahon Chempionatining amaldagi chempioni sifatida keldi. Fransiya oʻz tarixida ikki marta chempionlikka erishgan boʻlib, birinchisi 1998-yil oʻz maydonlarida oʻtgan mundialning finalida Braziliyani 3-0 hisobida magʻlub etgan. Ikkinchi chempionlikni esa 2018-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan musobaqaning finalida Xorvatiyani 4-2 hisobida magʻlub etib qoʻlga kiritgan. Shuningdek Fransiya 2006-yilgi Jahon Chempionati finaliga chiqqan. Ammo finalda Italiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlib, kumush medal sohibi aylangan. Futbolchi sifatida 1998-yilgi Jahon Chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan Didier Deschampsning murabbiylik qoʻl ostidagi Fransiya 2014-yilgi Jahon Chempionatida, 2016-yilgi Yevropa chempionatida va 2020-yilgi Yevropa chempionatida muvafaqqiyatsizlikka uchradi.
Final joyi Final Qatar poytaxti Doha shahri markazidan taxminan shimolda joylashgan Lusayl shahridagi Lusayl stadionida boʻlib oʻtdi.. Stadion Qatarning Jahon Chempionatiga daʼvogarligining bir qismi sifatida final oʻyinini oʻtkazish uchun rejalashtirilgan edi va 2020-yil 15-iyulda final oʻtkaziladigan stadion sifatida tasdiqlangan. Stadion final oʻyinidan tashqari, finalgacha guruhda 6 ta va pleyoff bosqichlarida 3 ta oʻyinni qabul qilgan.
Qatar Futbol Assotsiatsiyasiga tegishli boʻlgan Lusayl stadioni Jahon Chempionati uchun maxsus qurilgan. Stadion Buyuk Britaniyaning Foster and Partners va Populous firmasi tomonidan dizaynlangan va qurilish MANICA Architecture tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Stadionni sovutish uchun quyosh energiyasidan foydalaniladi va havoga uglerod chiqarmasligi maʼlum qilingan. Qurilish ishlari 2017-yil aprelda boshlangan va 2020-yil tugatilishi reja qilingan. Stadionning bitkazilishi kechiktirildi va 2021-yil noyabrda butkul qurib bitkazildi. Stadion ilk oʻyinini kutilganidan kechroq, Lusayl Superkubogi doirasida 2022-yil 9-sentyabr kuni oʻtkazdi.
Finalgacha yoʻl
Oʻyin
Tafsilotlar
GK 23Emiliano Martínez RB 26Nahuel Molina CB 13Cristian RomeroCB 19Nicolás OtamendiLB 3 Nicolás Tagliafico DM 24Enzo Fernández CM 20Alexis Mac Allister CM 7 Rodrigo De Paul RF 10Lionel Messi (c)CF 9 Julián Alvarez LF 11Ángel Di María Substitutions:MF 8 Marcos Acuña DF 4 Gonzalo Montiel MF 5 Leandro Paredes FW 22Lautaro Martínez DF 6 Germán Pezzella FW 21Paulo Dybala Bosh murabbiy:Lionel Scaloni GK 1 Hugo Lloris (c)RB 5 Jules Koundé CB 4 Raphaël Varane CB 18Dayot UpamecanoLB 22Théo Hernandez CM 8 Aurélien TchouaméniCM 14Adrien Rabiot RW 11Ousmane Dembélé AM 7 Antoine Griezmann LW 10Kylian MbappéCF 9 Olivier Giroud Substitutions:FW 12Randal Kolo Muani FW 26Marcus Thuram FW 20Kingsley Coman MF 25Eduardo Camavinga MF 13Youssouf Fofana DF 24Ibrahima Konaté DF 3 Axel Disasi Bosh murabbiy:Didier Deschamps
O‘yinning eng yaxshi futbolchisi: Lionel Messi (Argentina)
Assistant referees: Paweł Sokolnicki (Poland) Tomasz Listkiewicz (Poland) Fourth official: Ismail Elfath (United States) Reserve assistant referee: Kathryn Nesbitt (United States) Video assistant referee: Tomasz Kwiatkowski (Poland) Assistant video assistant referees: Juan Soto (Venezuela) Kyle Atkins (United States) Fernando Guerrero (Mexico) Stand-by video assistant referee: Bastian Dankert (Germany) Stand-by assistant video assistant referee: Corey Parker (United States)
Izohlar
Manbalar
Hisobotlar
Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionatlari Turkum:FIFA Jahon chempionati finallari