Andrej Kramićar (; 1991-yil 19-iyunda Yugoslaviyada tugʻilgan) – xorvatiyalik futbolchi, Germaniyaning „Hoffenheim“ futbol klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati Andrej Kramićar olti yoshida „Dinamo“ futbol maktabida futbol oʻynay boshlagan. „Dinamo“ futbol klubining bolalar va oʻsmirlar jamoalarida oʻynab, turli turnirlarda 450 dan ortiq gol urgan va bu yosh futbolchilar uchun klub rekordiga aylangan. 2012-yilning fevralida Andrej Kramićar mavsum oxirigacha „Lokomotiv“ futbol klubiga ijaraga berilgan. „Lokomotiv“ futbol klubida u Janubi-Sharqiy Yevropaning eng malakali hujumchilaridan biriga aylangan va „Lokomotiv“ bilan oʻtkazgan bir yarim mavsumda 44 ta oʻyinda 20 ta gol urgan. „Lokomotiv“ futbol klubidagi birinchi toʻliq mavsumida u 15 ta gol bilan toʻpurarlari poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u oʻz jamoasiga Xorvatiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.
2015-yilning 8-yanvarida premer liganing „Leicester Cityi“ futbol klubi Andrej Kramićar bilan uch yarim yillik shartnoma imzolash boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Andrej Kramićar Xorvatiyaning turli yoshlar terma jamoalarida jami 53 marta maydonga tushgan va 22 ta gol urgan. U 2005-yilning 31-martida Bavariya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan. U oʻsha paytda 14 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan va jami ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Keyin Andrej Kramićar 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan toifalarda raqobatlasha boshlagan. U 16 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida oʻrtoqlik uchrashuvlarida jami yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan. 17 yoshgacha boʻlganlar uchun esa u 12 marta maydonga tushib, oltita gol urgan. U, shuningdek, 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarining barchasida ishtirok etgan. 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida Andrej Kramićar toʻqqiz marta maydonga tushgan va uchta gol urgan.
2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlgan jamoada oʻynashni boshlagan va u bilan 2010-yilgi EURO-19 futbol boʻyicha Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqgan. U 2009-yilning 5-sentyabrida Norvegiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi birinchi golini urgan.
Statistika Jamoa MamlakatMavsumOʻyin GolG. N. K. Dinamo Zagreb2009—20135713N. K. Lokomotiva2011—20135124H. N. K. Rijeka2013—20156556Leicester City F. C.2015—2016204TSG 1899 Hoffenheim2016209101
Manbalar
Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:19-iyunda tugʻilganlar