José Luís Mendes Andrade (; 1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Kabo-Verdiyalik futbolchi, Hatayspor futbol klubi va Kabo Verde terma jamoasi hujumchisi. Kabo-Verdeda tugʻilgan, u 18 yoshida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda professional faoliyatini „Gil Vicente“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 29-noyabrda u Portugaliya Segundasida „Chaves“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2010-yilning 15-aprelida „Beira Mar“ futbol klubiga qarshi bahsda José Luís jamoadagi ilk golini urgan. Dastlabki ikki mavsumda u yaxshi oʻyin koʻrsatib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, uning elitaga chiqishiga va Portugaliya Liga kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati 2010-yil 24-mayda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida José Luís Kabo-Verde terma jamoasida debyut qilgan.

U ilk xalqaro golini 2014-yilning 6-sentyabrida Nigerga qarshi 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida urgan. Oradan 4 kun oʻtib, Zambiya terma jamoasiga qarshi saralash bahsida ham gol urgan. Baʼzi manbalar shuni koʻrsatadiki, José Luís 2012-yilda JCh-2014 saralashida (2-iyun) Syerra-Leonega qarshi oʻyinda va Afrika Millatlar Kubogi-2013 saralashida (16-iyun) Madagaskarga qarshi gol urgan.

2019-yil oktyabr oyida Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u 2 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta milliy terma jamoada oʻynagan va 2014-yildan beri ilk golini kiritgan. 2019-yilning noyabr oyida u Afrika Millatlar Kubogi saralashida Mozambikga qarshi oʻynagan.

José Luís 2012, 2013, 2015, 2017, 2019 va 2021-yillarda Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo Kabo-Verde saralash bosqichidan oʻtganida 2013 va 2015-yilgi final turnirlarida tarkibga kiritilmagan. José Luís 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlari saralashida ham ishtirok etgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGil Vicente2009—2010540000——542010—201122100052——2712Gil Vicente (ijara)2011—20121340031——165Jami4018008300004821Braga B2012—2013154————154Braga2012—2013154112050—2352014—20152082320——2411Jami3512344050004716Videoton (ijara)2013—20142693195——3815Spartak Moscow2015—201624812———25102016—201721510—20—2452017—201816222—52102462018—2019251031—83—3614Jami862575001551010935Porto2019—2020197321082—31112020—202110————10Jami207321082003211Lokomotiv Moscow2020—202181000050—131Umumiy faoliyatida22976161222833710302103

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kabo-Verdelik erkak futbolchilar