Anton „Toni“ Polster (1964-yil 10-martda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 44 ta gol bilan Avstriya terma jamoasi safida eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati Polster professional ligadagi debyutini 1982-yil avgust oyida 18 yoshida FK Austria Wienda oʻtkazgan. Ligadagi birinchi golini uch hafta oʻtgach urdi. Klub bilan uchta liga chempioni va ichki kubokni qoʻlga kiritdi. Keyin Torino bilan A Seriyada oʻynadi. Keyingi besh yilni Ispaniyaning Sevilla, Logrones va Rayo Vallecano jamoalarida o‘tkazdi. 1990-yilda Ispaniya toʻpurarlar jadvalida ikkinchi oʻrinni egalladi. 1993-yilda Germaniyaga oʻtdi va besh yilini 1. FC Kölnda oʻtkazdi. Keyingi yil Borussia Mönchengladbachga qoʻshildi, lekin ular ham mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketishdi va Polster Avstriyaga qaytib, Avstriyadagi Salzburgda yakuniy mavsumini oʻynadi.
Polster muxlislarga „Toni Doppelpack“ — „Toni Brce“ nomi bilan tanilgan, chunki hujumchi koʻplab oʻyinlarda ikkita gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati 1983-yilda Polster 1983-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Avstriya U20 tarkibi uchun tanlangan.
Avstriya terma jamoasidagi debyutini 1982-yilning noyabrida Turkiyaga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda birinchi golini urgan. 1990-yilgi jahon chempionati va 1998-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan. 95 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urishga erishgan.
1996-yilning noyabrida Latviyaga qarshi oʻyinda oʻzining 35-golini kiritib, Hans Krankl tomonidan oʻrnatilgan gollar boʻyicha oldingi rekordni ortda qoldirdi.
Soʻnggi (va rekord darajadagi 94) terma jamoadagi oʻyini 1998-yil iyun oyida Italiyaga qarshi FIFA Jahon kubogi oʻyini boʻlgan edi, ammo unga 2000-yil sentyabr oyida Eronga qarshi rasmiy xayrlashuv oʻyini oʻtkazilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAustria Wien1982—1983Avstriya Bundesligasi26111285—35181983—1984231381081—39241984—198529246963—41361985—198634324444—42401986—198734394443114347Jami1461192329301611200165Torino1987—1988Serie A279125—104014Sevilla1988—1989La Liga329———3291989—19903533———35331990—199135134141—4315Jami102554141—11057Logroñés1991—1992La Liga381477——4521Rayo Vallecano1992—1993La Liga311400——31141. FC Köln1993—1994Bundesliga251712——26191994—1995321752——37191995—199628111043—33141996—1997322110——33211997—199833131052—3915Jami150799495—16888Borussia Mönchengladbach1998—1999Bundesliga311143——35141999—20002. Bundesliga7410——84Jami381553——4318Austria Salzburg1999—2000Avstriya Bundesligasi12243——165Jami faoliyati5443076452432221653382
Terma jamoada +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Avstriya 1982-yil 1 1 1984-yil 3 0 1985-yil 4 1 1986-yil 6 5 1987-yil 6 2 1988-yil 6 1 1989-yil 6 4 1990-yil 10 1 1991-yil 2 0 1992-yil 8 5 1993-yil 7 1 1994-yil 7 5 1995-yil 7 7 1996-yil 6 2 1997-yil 8 6 1998-yil 7 3 2000-yil 1 0 Jami 95 44
Yutuqlari
Klubda Austria Wien
Avstriya Futbol Bundesligasi: 1983—1984, 1984—1985, 1985—1986 Avstriya kubogi: 1985—1986
Individual
Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 1984—1985, 1985—1986, 1986—1987 Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1985—1986, 1996—1997
Yevropa oltin butsasi: 1986—1987
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar